Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Xurmoni chamalab o'lchamoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
152-bob. Xurmoni chamalab o'lchamoq
Lumayd So'idiy raziyalloxu anhu rivoyat’qiladirlar: «(Bu voqea) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga «Tabuk» g'azotiga chiqqanimizda bo'lgandi. O'shanda, Janob Rasululloh «Vodiyu-I-Quro» degan yerga yetib borganimizda, bir ayolning o'z bog'ida aylanib yurganini ko'rib, sahobalarga: «Bu ayolning bog'idagi mevalarni chamalab ko'ringiz-chi!» - dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o'zlari o'n vasaq (1 vasaq— 60 so', 1 so'- 2 kg 400 gr) deb chamaladilar. Keyin, ayolga: «Mevalarning qancha chiqqanlig'ini hisoblab qo'yg'il!» - dedilar. Tabukka yetganimizda Janob Rasululloh: «Shu kecha qattiq shamol qo'zgaladirg'on ko'rinadir, bittangiz ham turmangiz! Kimning tuyasi bo'lsa, bog'lab qo'ysin!»,- dedilar. Biz tuyalarni bog'lab qo'ydik. Keyin, qattiq shamol qo'zg'aldi. Bir kishi o'rnidan turgan erdi, shamol uchirib ketib, Tay' tog'iga olib borib tashladi. (Shamol tingach) Ayla podshosi Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bitta oq xachir hadya qilib yubordi. Janob Rasululloh Ayla podshosiga elchisi orqali rido (kiyim) tortiq qilib, «Dengiz sohilida odamlari birlan shay bo'lib tursin!» degan mazmunda noma ham bitib, berib yubordilar. Vodiyu-I-Quroga qaytib borganimizda, Janob Rasululloh mazkur bog'dagi" ayoldan: «Bog'ing qancha hosil berdi?» - deb so'radilar. Ayol: «O'n vasaq»,-deb aytdi. Janob Rasulullohning chamalari to'g'ri chiqdi. Keyin, Janob Rasululloh: «Men Madinaga shoshib turibdirman, kimki Madinaga men birlan tezroq bormakni istasa, yursin!»-dedilar. Ibn Bakkor: «Mening uchun eng aziz shahar!» - degan erdi, Janob Rasululloh: «Bu Tobadir! (ya'ni, Madinadir)»,- dedilar. Keyin, Uhud tog'ini ko'rib: "Bu tog' bizni yaxshi ko'rg'aydir, biz ham uni yaxshi ko'rg'aydirmiz, ansorlardan kimlarning hovlisi yaxshi ekanligini sizlarga Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy aytayinmi?»-dedilar. Sahobalar: «На»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Baniy Najjorning hovlisi, Baniy Abdu-I-Ashhalning hovlisi, Baniy So'idaning yokim Baniyyu-I-Haras ibn al- Hazrajning hovlisi»,- dedilar, keyin: «Har bir ansoriyning hovlisida yaxshilig' mavjuddir»,- deb qo'shib qo'ydilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling