Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Eriga va qaramog'idagi yetimlarga zakot bermoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 147-bob. Olloh taoloning «Qullarga, qarzdorlarga va Olloh yoliga...» degan oyati kariymasi haqida
146-bob. Eriga va qaramog'idagi yetimlarga zakot bermoq
Amr ibn Harasga Zaynab raziyallohu anho bunday dvb rivoyat qilgan erkanlar: «Masjidda o'tirgan erdim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Taqinchoqlaringizdan bo'lsa ham sadaqa qilingiz!» - dedilar. [Zaynab (eri) Abdullohga va qaramog'idagi yetimlarga sadaqa qilib turar erdi]. Men (erim) Abdullohga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so'rag'il-chi, men senga va mana bu yetimlarga sadaqa qilsam, joiz bo'lg'aymidir?» - dedim. (Erim) Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o'zing so'rag'il»,- dedilar. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga ketdim, eshik oldida bir ansoriya ayolning turganini ko'rdim, ul ham menga o'xshash bir yumush birlan kelgan erkan. Shunda yonimdan Bilol o'tib qoldi. Biz (men va haligi ayol) unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so'rab berg'il-chi, erimiz va qaramog'imizdagi yetimlarga zakot bersak, bo'lurmikin? Faqat ul kishiga biz aytganimizni bildirmag'il!»- dedik. Bilol ichkariga kirib so'radi. Janob Rasululloh: «Kimdir ul ikkalasi?»- deb so'radilar. Bilol: «Zaynab»,- dedi . Janob Rasululloh: «Qaysi Zaynab?» - deb so'radilar. Bilol: «Abdullohning xotini»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ha, unga ikki savob tekkaydir, biri - qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, iqkinchisi- zakot bergani uchun»,- dedilar». Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, men (erim) Abu Salamaning bolalariga sadaqa qilsam bo'lg'aymidir? Axir, ular o'zimning bolalarim-ku!» -dedim. Janob Rasululloh: «Ularga sadaqa qilaverg'il, senga sadaqa qilganing uchun savob tekkaydir»,- dedilar. 147-bob. Olloh taoloning «Qullarga, qarzdorlarga va Olloh yo'liga...» degan oyati kariymasi haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu o'z molining zakotini qul ozod qilmoqqa va hajga borolmay yurganlarga sarf qilur erdi, deb eslashadir. Hasan Basriy: «Zakot to'lab, otasini qullikdan sotib (qutqarib) olmog'i, mujohidlar (jihod qilguvchilar) va hajga borolmay yurgan kishilarga zakot berib, yordam qilmog'i mumkin»,- dedilar-da, «Darhaqiqat, sadaqalar faqirlar uchundir!» degan oyati karimani tilovat qildilar. Keyin: «Bulardan qaysi biriga bersang ham bo'laverg'aydir»,- deb qo'ydilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Xolid Olloh yo'lida urush anjomlarini shay qilib turibdir»,- dedilar. Abu Los: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizni haj uchun sadaqaga berilgan tuyalarda olib bordilar» - deb aytgandi»,-deyishadir. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sadaqa qilmoqni buyurdilar. Shunda ul kishiga: «Ibn Jamil, Xolid ibn Valid va Abbos ibn Abdulmutallib sadaqa bermoqdan bosh tortishmoqda»,- deyishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ibn Jamil faqir bo'lmaganda zakot bermoqdan bo'yin tovlamas erdi, uni Olloh taolo va uning Rasuli ta'minlab turibdir. Ammo, Xolid masalasiga kelsak, unga jabr qilmakdasizlar, axir ul Olloh yo'lida urush anjomlarini doimo shay tutib turibdi-ku! Lekin, Abbos ibn Abdulmutallib (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amakilari) bo'lsa, bir ermas, ikki bor sadaqa bermog'i lozimdir»,- dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling