Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Na qari, na nuqsonli (hayvon) va na taka, agar zakotchi istamasa


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

137-bob. Na qari, na nuqsonli (hayvon) va na taka, agar zakotchi istamasa, 
zakotga qabul qilinmaydir
Olloh va uning Rasuli sallallohu alayhi va sallam farz qilgan sadaqa (zakot) haqida Abu 
Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga bunday deb vzib yuborgan erkanlar: «Na 
qari, na nuqsonli (hayvon) va na taka, agar sadaqa yig'uvchi (zakotchi) istamasa, 
sadaqaga (zakotga) qabul qilinmag'aydir».
138-bob. Urg'ochi bir yashar echkini sadaqaga (zakotga) qabul qilmoq
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu: «Agar 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga olib kelishayotgan echkilardan bittasini olib 
qolishsa ham, xudo haqqi, ular birlan jang qilg'aymen», - deb aytganlar. Umar


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
raziyallohu anhu: «Olloh taolo Abu Bakr raziyallohu anhuning qalbiga qanchalar shijoat 
jo aylagan! Men uni yaxshi tushung'aymen»,- deydilar».
139-bob. Odamlarning eng yaxshi mollari sadaqaga (zakotga) olinmaydir
Ibn Abbos raziyallofanu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Maoz 
raziyallohu anhuni Yamanga yuborayotib: «Sen ahli kitob bo'lmish qavm oldiga 
ketayotirsan, shul boisdan eng avvalo ularni Olloh taologa ibodat qilmoqqa da'vat 
aylag'il, Olloh taoloni tan olsalar (e'tirof etsalar), Olloh taolo bir kecha-kunduzda besh 
vaqt namoz o'qimoqni farz qilganlig'ini aytg'il, namoz o'qisalar, Olloh taolo ularning 
mollaridan zakot olib, kambag'allarga qaytarib bermoqni farz qilg'anlig'ini aytg'il, 
zakotga ham itoat etsalar, ulardan zakot olg'il, ammo odamlarning eng yaxshi mollarini 
olmagil!» - deb aytdilar».
140-bob. Beshtadan kam tuyadan sadaqa olinmaydir
Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 
deganlar»,— deydilar: «Besh vasaq (1 vasaq - 60 so', 1 so' - 2,400 g) dan kam 
xurmodan hamda besh uqqiyya (1 uqqiyya - 12 dirham) dan kam kumush (pullar) dan 
zakot olinmaydir, beshtadan kam tuyaga ham zakot lozim ermas».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling