Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Qancha miqdorda zakot va sadaqa berish mumkinligi to'g'risida va
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 130-bob. Kumush tanga sadaqa qilmoq haqida
- 131-bob. Zakotga beriladirgan (tolanadirgan) ashyolar
129-bob. Qancha miqdorda zakot va sadaqa berish mumkinligi to'g'risida va
butun bir qo'yni ehson qilgan shaxs xususida Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nusayba degan bir ansoriya ayolga qo'y yubordim. Ul ersa, shu qo'yning go'shtidan Oisha raziyallohu anhoga yubordi». Oisha anamiz bunday deydirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biror yegulik narsa bormi?» -deb so'radilar. «Nusayba yuborgan qo'y go'shtidan boshqa hech vaqo yo'qdir»,- dedim. «Keltirg'il, sadaqa o'z o'rnini topibdir!» - dedilar». 130-bob. Kumush tanga sadaqa qilmoq haqida Abu Sa'id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beshtadan kam tuya uchun sadaqa lozim ermas, besh uqqiyyadan (60 dirhamdan) kam kumush tangadan sadaqa qilinmaydir, besh vasaqdan (1600 ratldan) oz narsa (meva-cheva, don-dun) uchun ham sadaqa berilmaydir»,- deganlar». 131-bob. Zakotga beriladirgan (to'lanadirgan) ashyolar Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Maoz raziyallohu anhu Yaman ahliga bunday dedi: «Агра va bug'doy o'rniga eski-tuski kiyimlarni sadaqa qilingiz, bu sizlarga osonroq, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Madinadagi sahobalariga ersa, yaxshiroqdir!» Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, Xolid Olloh yo'lida jang anjomlarini shaylab turibdir»,- deb aytdilar (zakot bermoqdan bosh tortayotgan qavmlarga nisbatan aytilgan). Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Taqinchoqlaringizdan bo'lsa ham sadaqa qilingiz!» - dedilar, lekin farz sadaqani boshqa tur sadaqalardan istisno qilmadilar. Bir ayol kelib, isirg'a va munchoqlarini sadaqa qildi. Shunda, «Tilla va kumush, bo'lsin!» deb qayd etishmadi. Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Olloh va uning Rasuli sallallohu alayhi va sallam buyurgan ahkomlar haqida menga bunday deb yozgan erdilar: «Bir yashar urg'ochi bo'taloq zakot qilmog'i lozim bo'lgan odamning bunday bo'talog'i bo'lmay, ikki yashar urg'ochi bo'talog'i bo'lsa, zakotchi o'sha ikki yashar bo'talog'ini olib, qaytimiga 20 dirham yoki ikki qo'y berg'aydir. Agar zakot berg'uvchining bir yashar urg'ochi bo'talog'i bo'lmay, ikki yashar erkak bo'talog'i bo'lsa, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy undan shu bo'taloq zakotga qabul qilinib, hech qanday qaytim berilmag'aydir (chunki urg'ochi tuya tug'ib, ko'payadi)». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o'rtaga qo'yib ayturmenkim, ul kishi hayit namozini xutbadan oldin o'qidilar, keyin ayollarga ovozim yetmadi, deb o'ylab, ularga yaqinroq bordilar. Yonlarida Bilol ham ko'ylagining etagini (iona tashlamoqlari uchun) tutib borar edi. Janob Rasululloh ayollarga va'z-nasihatlar aytib, ularni sadaqa bermoqqa da'vat qildilar. Ayyub raziyallohu anhu Saxtiyaning quloq va bo'yniga ishora qildilar (ya'ni, sirg'a va munchoqlarni sadaqa aylamoqni buyurdilar)». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling