Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Olloh taolo ne'mat ato etgan, tilamchi va ochko'z bo'lmagan odam
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 150-bob. Boyish niyatida sadaqa sorasa...
- 151-bob. Olloh taoloning «Odamlardan, bermaganiga qoymay sadaqa sorash yaramaydir...» degan oyati kariymasi xususida
149-bob. Olloh taolo ne'mat ato etgan, tilamchi va ochko'z bo'lmagan odam
haqida Olloh taolo: «Ularning mol-dunyolarida tilamchi va mahrumlarning (muhtojlarning) ham haqlari bordir!» - deydir. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Hazrat Umarning bunday degapini eshitganman»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga hadya bersalar, uni mendan ko'ra muhtojroq odamga beringiz, der erdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Senga bergandan keyin olg'il-da, axir sen ta'magir ham, gadoy ham zrmassen-ku! Olg'il buni, lekin mol-dunyoga xirs qo'ymag'il!» - dedilar». 150-bob. Boyish niyatida sadaqa so'rasa... Hamza otalari Abdulloh ibn Umardan bunday deb eshitgan erkanlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Tilamchi, hatto qiyomat kuni (sharmandalig', yuzsizlig'dan) betida bir parcha go'sht qolmagan holda Olloh taoloning dargohiga kirib kelsa ham, tilamchiligini ko'ymag'aydir»,- dedilar. Janob Rasululloh yana bunday dedilar: «Qiyomat kuni Quyosh (Yerga) yaqin kelib, qizdirganda, odamlardan shunchalik ko'p ter oqg'aydirkim, hatto hamma yoqni to'ldirib, quloqlarining yarmigacha ko'tarilg'aydir. Shu ahvolda turib ular Odam Atoga, so'ng Musoga, keyin ersa, Muhammad sallallohu alayhi va sallamga yolborib, yordam so'rashg'aydir». Abdulloh ibn Solih shu hadisning davomini Ibn Abu Ja'fardan eshitib, rivoyat qiladirlar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo ularga hukm chiqarsin, deb shafoat aylab, jannat eshigining dastasidan tutg'aydirlar. O'shal kuni Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamga maqtovga sazovor bir maqom ato etg'aydirkim, uni barcha mahshardagilar maqtag'aydir». 151-bob. Olloh taoloning «Odamlardan, bermaganiga qo'ymay sadaqa so'rash yaramaydir...» degan oyati kariymasi xususida Qanchadan-qancha boylik bor-u, lyokin Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytganlaridek, «Olloh taolo yo'lida bir qadam ham qo'ymakka yaramaydirgan faqirlarga (Ollohning) beradirgan boyligi yo'qdir! Olloh taolo ularning qilmishlaridan boxabardir!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Miskin, bir yoki ikki marta yegulik bersa, qaytadirgan odam ermasdir, ammo miskinning boyligi yo'qdir, u odamlardan hayo qilg'aydir yoki ularga yopishib olib, sadaqa so'ray olmag'aydir»,- deb aytganlar». Sha'biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Muoviya Mug'iyra ibn Shu'baga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan o'zing eshitgan bir hadisni menga yozib yuborg'il!» - deb maktub yo'lladi. Mug'iyra ibn Shu'ba: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo sizlarga uch narsani - g'iybatni, molni isrof qilmoqni va ko'p sadaqa so'ramakni man' qilg'aydir» - deganlarini eshitganman»,- deb yozib yubordi». Sa'd ibn Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy sallam bir to'da odamlarga hadya ulashayotgan erdilar, men ham o'shalarning orasida o'tirgan erdim. Janob Rasululloh odamlardan biriga hadya bermay o'tib ketdilar. O'sha kishi menga boshqalardan ko'ra ko'proq yoqardi. Men o'rnimdan turib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sekingina: «Sizga ne bo'ldi, falonchiga hadya bermadingiz? Xudo haqqi men uni mo''min, deb bilurmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Yoki musulmon»,- dedilar. Men bir oz jim qoldim-da, so'ng boyagi odamni yaxshi bilganimdan, chiday olmay: «Yo Rasululloh, falonchiga nechun hadya bermadingiz? Xudo haqqi, men uni mo''min, deb bilurmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Yoki musulmon»,- dedilar. Men yana bir oz jim qoldim, keyin boyagi kishini yaxshi bilganimdan, chiday olmay, tag'in: «Yo Rasululloh, falonchidan xafamisiz? Xudo haqqi, men uni mo''min, deb bilurmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Yoki musulmon»,- dedilar. Keyin, yana bundoq dedilar: «Men undan ko'ra suyukliroq kishiga ham va o'zgalarga ham, do'zax o'tiga yuz tuban qulamasinlar, deb qo'rqib hadya bermag'aydirmen». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar (orasinda aylanib yurganida) bir-ikkita xurmo, bir-ikki osham ovqat uzatsalar, olmay, qaytaradirgan odam miskin ermasdir, balki miskin boyimoq maqsadida boylik izlamaydirgan, odamlar sadaqa berg'ayman, deb qidirmaydirgan va o'rnidan turib borib odamlardan sadaqa so'ramaydirgan shaxsdir!»-dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Erta bilan qo'lga arqon olib («Toqqa, bo'lsa kerak»,- deydilar Abu Hurayra) chiqsangiz, o'tin terib, yelkangizga orqalab, olib borib sotsangiz, puliga yeb-ichib, ham sadaqa aylasangiz, bu siz uchun odamlardan sadaqa so'rab, tilamchilik qilgandan afzaldir!»- deganlar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling