Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Sigir hisobida to'lanadirgan zakot


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

141-bob. Sigir hisobida to'lanadirgan zakot
Abu Humayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ma'rab turgan 
sigiri bo'la turib, Olloh yo'lida zakot to'lamagan odamni qiyomatda ko'rsatg'aymen, ul 
sigir kabi ma'rab kelg'aydir»,— deb aytganlar».
Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasulullohning huzurlariga 
kelganimda, ul zot: «Jonu tanim qo'lida bo'lgan Ollohga (yoki «Yakka-yu yagona 
Ollohga», dedilar shekilli) qasamyod etib ayturmenkim, kimki tuya, sigir yokim qo'ylari 
bo'la turib, zakot bermagan bo'lsa, qiyomat kuni eng katta va eng semiz tuyasi, sigiri 
yokim qo'yi kelib, uni tuyoqlari birlan tepkilag'aydir, shoxlari birlan suzg'aydir, keyin 
ketidan boshqalari ham kelib odamlar oldida, to to'lanmagan zakotning haqqi 
olinguncha, shu ishni qilg'aydir»,— dedilar».
142-bob. Qarindoshlarga zakot bermoq haqida
Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob 
tekkaydir — biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi — zakot bergani 
uchun»,— dedilar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Talha Madinadagi ansorlar ichida 
eng ko'p xurmozor yerlarga ega bo'lgan badavlat kishi erdi. U o'z mulklaridan, ko'proq, 
Bayruhoni yaxshi ko'rar erdi. Bayruho masjidning qarshisida bo'lib, Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam u yerga kirib, totli suvidan ichib turar erdilar. Olloh taoloning 
«O'zingiz suygan narsani ehson qilmaguningizcha xayr topmag'aydirsiz!» degan oyati 
kariymasi nozil bo'lganda Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
huzurlariga borib: «Yo Rasululloh, Olloh taolo: «Suyukli narsangizni sadaqa qilmay turib, 
yaxshilikka muyassar bo'la olmag'aydirsiz!» — der erkan, unda men o'zimning eng


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
yaxshi ko'rgan Bayruhomni Olloh taolo yo'lida sadaqa qildim, bu mening Olloh taolo 
yo'lida qilgan xayr-ehsonim bo'lmog'ini istaydirman. Siz uni Olloh taolo yo'lida o'zingiz 
bilganingizcha tasarruf qilaveringiz!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Men sening «Bu mulkim qandoq ajoyib, qandoq yaxshi!» deb maqtaganingni 
eshitgandirman, uni qarindoshlaringga bersang derman»,— dedilar. Abu Talha: «Xo'b 
bo'ladir, yo Rasululloh!» — dedi. Keyin, Abu Talha Bayruhoni o'z qarindoshlariga 
taqsimlab berdi».
Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va 
sallam Qurbon yoki Ramazon hayitida namozgohga chiqdilar, so'ng odamlarga o'girilib 
va'z aytdilar, «Ey odamlar, sadaqa qilingiz»,- deb amr qildilar. Keyin, ayollar yonidan 
o'tayotib: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilingiz! Men sizlarni ko'proq do'zaxga 
tushguvchilardan deb bilg'ayman»,- dedilar. Ayollar: «Yo Rasulalloh, buning boisi 
nedir?» - deb so'rashdi. Janob Rasululloh: «Ko'p qarg'ab, erlaringizning yaxshiligini inkor 
qilg'aydirsizlar. Buni aqlingizning pastligi va e'tiqodingizning sustligidan deb bilurmen. 
Sizlar aqli-hushi joyida bo'lgan erni ham aqldan ozdirg'aydirsizlar (ya'ni, to'g'rimi, 
noto'g'rimi, o'z bilganingizni qildirg'aydirsizlar)»,-dedilar. So'ng, Janob Rasululloh 
uylariga yo'l old ilar, uylariga kelganlarida Abdulloh ibn Mar'udning xotinlari Zaynab kelib, 
kirmoqqa ijozat so'radi. Janob Rasulullohga: «Zaynab keldi»,- deyishdi. Ul zot: «Qaysi 
Zaynab?» - dedilar. «Ibn Mas'udning xotini»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Ruxsat 
beringiz, kira qolsin!» - dedilar. Zaynab ichkariga kirib: «Yo Nabiyyalloh, bugun siz: 
«Sadaqa qilg'il!» - deb buyurdingiz. Menda bir taqinchoq bor erdi, shuni sadaqa 
qilmoqchi erdim. Ammo, (erim) Ibn Mas'ud va o'g'li(m): «Boshqalardan ko'ra, o'zimiz 
sadaqa olmoqqa haqliroqdirmiz»-deyishmoqda»,-dedi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va 
sallamd: «Ibn Mas'ud to'g'ri aytibdir, ering va o'g'ling boshqalardan ko'ra, sadaqa 
olmoqqa haqliroqdir», - deb aytdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling