Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
166-bob. Sadaqaga (zakotga) berilgan tuyalardan va ularning sutlaridan
yo'lovchilarning foydalanmogi haqida
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Urayna qabilasiga
mansub bir guruh odamlar
Madina havosiga o'rgana olmay, kasal bo'lib qolishdi. Shunda, Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam sadaqaga (zakotga) berilgan tullar oldiga borib,
ularning suti va
siydigidan (dori uchun) ichmoqqa ruxsat berdilar. Ular ersa (ko'rnamaklik qilib)
tuyakashni o'ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
ularning ketidan askar yubordilar,
tutib kelishgach, qo'l-oyoqlarini kestirib, ko'zlarini
o'ydirdilar, so'ng oftobga tashlab qo'ydilar, (og'riqdan) tosh g'ajib yotishdi».
167-bob. Imomning sadaqaga (zakotga) berilgan tuyalarga o'z qo'li birlan
tamg'a urib chiqmog'i haqida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Erta bilan Abdulloh ibn Talhani
yonimga olib, Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning huzurlariga bordim, Abdullohni
bir «tahnik» qilib qo'ysalar, degan niyatim bor erdi («tahnik» - bir dona xurmoni
chaynab,
tabarruk qilib, keyin uni yosh bolaning og'ziga solib, tanglayini ko'tarmoq
odati). Qarasam, Janob Rasululloh o'z qo'llari birlan tuyalarni tamg'alayotgan erkanlar».
168-bob. Fitr sadaqasining farz ekanligi
Abu-I-Oliya, Ato va Ibn Sirin fitr sadaqasini farz, deb hisoblaydirlar.
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har
bir musulmonga,
u xoh qul, xoh ozod shaxs bo'lsin, xoh erkak, xoh ayol bo'lsin, xoh
yosh va xoh keksa bo'lsin, xurmodan bir so' yoki arpadan bir so' fitri ro'za bermoqni farz
qilib, uni odamlar hayit namoziga chiqmasidan burun ado etmoqni amr qildilar».
Do'stlaringiz bilan baham: