Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
qilib kesib tashlag'aydir, agar kiyimga za'faron va vars (sariq daraxtdan olinadirgan
rang) tekkan bo'lsa, kiymangiz!» - dedilar».
22-bob. Hajda o'zi ulov minib yoki birovning orqasiga mingashib yurmoq
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma raziyallohu anhu Nabiy sallallohu
alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib Arafotdan
Muzdalifagacha bordi, so'ng
Muzdalifadan Minogacha Fazl mingashib oldi. Usoma va Fazl: «Nabiy sallallohu alayhi va
sallam Jamrat ul-Aqabagacha talbiya aytib bordilar» ,— deyishadi».
23-bob. Ehromdagi kishi rido va izor kabi kiyimlarni kiyadirmi?
Oisha raziyallohu anho ehromda bo'la turib, za'far birlan bo'yalgan kiyim kiydilar-da:
«Chachvon va chimmat yopinmag'il, vars (sariq daraxtdan olinadirgan rang) va za'faron
birlan bo'yalgan kiyim kiymag'il!» - dedilar. Jobir raziyallohu anhu: «Za'far birlan
bo'yalgan kiyimdan xushbo'y hid kelg'aydir, demasman,
Oisha onamiz ayollarning
taqinchoqlar taqmog'i, qora va qizil kiyim hamda xuff (engil oyoq kiyimi) kiymog'ining
zarari yo'qdir, deb hisoblaganlar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Kiyimlarini almashtirib olsa
ham bo'lur»,- deganlar.
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam
sochlarini taratib, badanlariga xushbo'y narsalar surkatib,
izor va ridolarini kiyib
Madinadan yo'lga chiqdilar. Janob Rasululloh ham, u kishining sahobalari ham rangi
badanga yuqib qoladirgan za'faronga bo'yalgan rido va izorlarnigina kiymoqni man'
qildilar. Janob Rasululloh Zulhulayfada tong ottirdilar, so'ng tuyalarini minib Baido'
tog'iga chiqib, o'zlari ham, sahobalari ham talbiya aytishdi. So'ng,
qurbonlik eqanligini
bildirmoq uchun tuyalarining bo'yniga narsa osib qo'ydilar. Shunda, Zulqa'da oyiga besh
kun qolgandi. Janob Rasululloh Zulhijja oyining to'rtinchi kuni Makkaga keldilar, Ka'bani
tavof aylab, Safo va Marva oralig'ida yugurdilar. lekin hanuz qurbonlik qilmaganliklari
uchun ehromlarini yecholmas erdilar. Keyin, Janob
Rasululloh Makkaning yuqori
tomonidagi Hajun - haj vaqtida ustiga chiqib talbiya aytadirgan tog' yoniga bordilar,
lekin ilgari tazof qilganlaricha Ka'baga yaqinlashmadilar, Arafotdan orqalariga qaytib,
sahobalarga Ka'bani
tavof qilmoqni, Safo va Marva orasida yugurmoqni, so'ng sochlarini
kalta qilib, ehromlarini yechmoqni buyurdilar. Yuqoridagi amallar o'zi birlan qurbonlikka
atalgan biror hayvon haydab kelmagan va ehrom bog'lamay, o'ziga xushbo'y
narsalar
surtib, odatdagi kiyimini kiyib, xotini birlan birga hajga chiqqan kishiga taalluqlidir».
Do'stlaringiz bilan baham: