Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yaman ahlining tahlilgohi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

12-bob. Yaman ahlining tahlilgohi
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina 
ahliga Zulhulayfani, Shorn ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman ahliga 
Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O'sha miyqotlar ularga ham, boshqa 
tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelguvchilarga ham miyqotdir, hatto 
Makka ahli Makkada ehrom bog'lag'aydir».
13-bob. Iroq ahliga Zotu Irq miyqotdir
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bu ikki shahar - Basra va Kufa fath


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
bo'lganda, odamlar Umar raziyallohu anhuning huzurlariga kelib: «Ey Amir almo''minin, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd ahliga Qarnni miyqot qilib belgiladilar, lekin u 
bizning yo'limiz ustida ermas. Agar istaganimizda ham, biz o'zimizga alohida miyqot 
belgilab olmog'imiz qiyin»,-deyishdi. Hazrat Umar: «Yo'lingiz ustidagi birorta joyni qarab 
ko'ringiz, to'g'ri kelsa, o'shani miyqot qilib ola qolingiz!» - dedilar. Ular borib qarab 
kelishgach, Zotu Irqni miyqot qilib belgilab berdilar».
14-bob.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Hulayfadagi katta selxonaga kelganlarida tuyalarini cho'ktirdilar-da, pastga tushib 
ikki rak'at namoz o'qidilar». Abdulloh ibn Umar ham shunday qilar erdilar.
15-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Shajara yo'li orqali chiqib 
borishlari haqida
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam Shajara (Daraxt) yo'li orqali chiqib borar erdilar, qaytishda ersa, Mu'arras yo'li 
orqali o'tib, (uylariga) kirib ketar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar 
Makkaga yo'l olsalar, Shajara masjidida namoz o'qib o'tar erdilar, qaytishda ersa, 
Zulhulayfadagi vodiyda to'xtab, namoz o'qirdilar, o'sha yerda tong ottirar erdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling