Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tamattu', iqron va ifrod haqida; qurbonligi yo'q kishi hajga


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

34-bob. Tamattu', iqron va ifrod haqida; qurbonligi yo'q kishi hajga 
qo'yilmaydir
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan 
birgalikda faqat haj qilg'aymiz degan niyatda yo'lga chiqdik. Yetib borgach, Ka'bani tavof 
ayladik. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim qurbonlik yetaklab kelmagan ersa, 
ehromini yechsin!» - deb amr qildilar. Qurbonlik olib kelmagan bir qancha odamlar 
hamda Janob Rasulullohning (mendan boshqa) xotinlari ham ehromlarini yechishib
hajdan mahrum bo'ldilar, chunkim ularning ham qurbonliklari yo'q erdi. Men ersam, 
hayz ko'rib Ka'bani tavof qila olmay qoldim. «Hasba» kechasi kelgach, «Yo Rasululloh,


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
odamlar bir yo'la ham haj, ham umra qilib qaytmoqda, men ersam faqat haj qildim, 
xolos»,-dedim. Janob Rasululloh: «Makkada ekanligimizda tavof qilmaganmi erding?»- 
dedilar. Men: «Yo'q»,-dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo'lsa, ukang birlan Tan'imga 
borib, umraga talbiya aytg'il, so'ng falon vaqtda qaytib kelg'il!»- dedilar».
Safiya raziyallohu anho bunday deydilar: «O'shanda odamlar mening umra qilib qaytib 
kelmog'imni kutib, yo'ldan qolishdi, deb o'ylayman, chunki men ham hayz ko'rib qolib, 
umra qilolmagan erdim-da! Janob Rasululloh menga: «Nechuk bema'nilik! Nahr kunlari 
(qurbonlik qiladirgan kunlar) tavof qilmadingmi?» - dedilar. Men: «Yo'q»,- dedim. Janob 
Rasululloh: «Hechqisi yo'q, tavof qilib kelg'il!»-dedilar».
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni 
Makkadan chiqib kelayotganlarida uchratib qoldilar, shunda men Makkaga kirib 
ketayotgan erdim, yoki ul kishi Makkaga kirib ketayotgan erdilar, men ersam, Makkadan 
chiqib kelayotgan erdim».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido'yilida Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam birlan birga yo'lga chiqdik. Ba'zimiz umraga, ba'zimiz ersa, bir yo'la 
ham haj, ham umraga talbiya aytdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hajga talbiya 
aytdilar. Ammo, kim hajga niyat qilgan ersa yokim ayni vaqtda ham hajga, hg.m 
umraga talbiya aytgan bo'lsa, nahr kunigacha ehromini yechmadi».
Marvon ibn Hakam aytadirlar: «Men, Usmon *va AN raziyallohu anhumolar xalifalik 
qilishgan davrlarda, hajda bo'ldim. Usmon bir yo'la ham haj, ham umra qilmoqni man' 
etdilar. Hazrat AN ersa, bunga e'tibor bermay, «Labbayka bi-umratin va hajjatin» deb, 
ham hajga, ham umraga niyat ayladilar-da, «Zinhor birovning so'ziga kirib, Nabiy 
sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmasdan qo'ymasmen!»-dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar haj oylarida umra qilmoqni yer 
yuzidagi jamiki fosiqliklardan ham yomon, deb hisoblashardi. Shuning uchun ham 
Muharram oyi o'rniga Safar oyida umra qilishardi. Ular: «Agar tuyaning yag'iri butunlay 
tuzalib, izi ham qolmasa va safar oyi tugasa, umra qilmoq mumkin bo'lur»,- deyishardi. 
Nabiy sallallohu alayhi va sallam va sahobalari Zulhijja oyining to'rtinchi saharida hajga 
talbiya aytib kelishdi. Janob Rasululloh sahobalarga haj o'rniga umra qilmoqni amr 
qildilar. Bu ularga og'ir botib, «Yo Rasululloh, hajga bog'lab kelingan ehromni yechib, 
umraga qayta ehrom bog'lamoq mumkinmi?» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Haj taqtida 
nimaga ruxsat etilgan bo'lsa, hammasini qilmoq mumkindir» ,— deb javob berdilar».
Abu Muso raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim
ehromni yechmoqni buyurdilar»,- dedilar.
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: 
«Yo Rasululloh, odamlar nega umra qilib ehromlarini yechmakda-yu, siz 
yechmayotirsiz?»-deb so'radim. Janob Rasululloh: «Men sochimni to'zg'imaydirgan qilib 
yopishtirib olganman, keyin qurbonlik ham atab qo'yganman. Shuning uchun 
qurbonligimni so'ymasdan turib ehromimni yechmasman»,- dedilar».
Abu Jamra Nasr ibn Imron rivoyat qiladirlar: «Men haj va umra qilmoq uchun ruxsat 
olgandim, lekin odamlar qo'yishmadi. Shunda, Ibn Abbos raziyallohu anhuga shikoyat 
qildim. Ul kishi hajni davom ettirmogimni amr qildilar. Keyin, tush ko'rdim. Tushimda bir


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
kishi menga: «Ezgu niyatda qilgan hajing va maqbul umrang muborak bo'lsin!» - dedi. 
Men tushimni Ibn Abbosta aytib berdim. Ul kishi: «Bu, Nabiy sallallohu alayhi va 
sallamning sunnatlarini ado etganing uchundir»,-dedilar. Keyin, bunday dedilar:
«Mening huzurimda bo'lgil, men senga o'z molimdan ulush ajratib berayin!» Shu'ba 
mendan: «Nega bunday qildilar?» - deb so'radi. Men: «Ko'rgan tushim evaziga»,- deb 
aytdim».
Abu Shihob rivoyat qiladirlar: «Umra qilib bo'lgach, Makkaga keldim. Tarviya kunidan 
uch kun burun Makkaga kirib keldik. Shunda, ayrim makkaliklar menga: «Qilgan 
hajingning savobi makkaliklar qilgan hajchalik savobga egadir»,-deyishdi. Men Ato 
raziyallohu anhuning huzurlariga fatvo so'rab kirdim. Ato bunday dedilar:
«Menga Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan bir 
kun davomida birga qo'y yetaklab haj qilishganini aytib bergan erdilar. «O'shanda,- 
degandi menga Jobir,- har kim o'zicha hajga talbiya aytdi. Janob Rasululloh 
sahobalarga: «Ka'bani tavof aylab va Safo va Marva oralig'ida sa'y etib bo'lgach, 
ehromni yechib, sochlaringizni kalta qilingiz, tarviya kunigacha ehrom bog'lamangiz, 
keyin hajga talbiya aytib, ilgari qilganlaringizning hammasini qayta ado etingiz!» - 
dedilar. Sahobalar: «Nechuk qaytadan ado etg'aymiz, axir biz haj qilurmiz, deb 
qo'yganmiz-ku?!» - deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Aytganimni qilingiz! Agar 
qurbonlik yetaklab kelmaganimda, o'zim ham shundoq qilgan bo'lur erdim, biroq atalgan 
qurbonlikni so'ymay ehromimni yechmasman»,- dedilar. Shundan so'ng, sahobalar 
Janob Rasulullohning amrlariga bo'yinsunib, aytganlarini qildilar».
Sa'id ibn Musayyab rivoyat qiladirlar: «Ali va Usmon raziyallrhu anhumo Usfon degan 
yerda ekashgaklarida mut'a to'g'risida tortishib qoldilar. Hazrat Ali: «Bir"yo'la havd. haj, 
ham umra qilmoqni man' etishing birlan, sen Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 
sunnatlariga qarshi chiqqan bo'lursen»,- dedilar-da, uning so'ziga e'tibor bermay, bir 
vaqtning o'zida haj birlan umraga talbiya aytdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling