Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
25-bob. Baland ovoz birla tahlil aytmoq haqida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinada to'rt rak'at
peshin, Zulhulayfada ikki rak'at asr o'qidilar, men Janob Rasululloh va sahobalarning
baland ovoz birla tahlil aytishayotganini eshitdim»,- deydilar.
26-bob. Talbiya aytmoq to'g'risida
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Labbayka-
l-lohumma lab-bayk, labbayka lo shariyka laka labbayk, inna-l-hamda va-n-ni'mata laka
va-l-mulk, lo shariyka laka» deb talbiya aytar erdilar»,-deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Men haqiqatan ham Nabiy sallallohu
alayhi va sallamning
qanday talbiya aytganlarini yaxshi bilaman, u. kishi: «Labbayka-l-lohumma lab-bayk,
labbayka lo shariyka laka labbayk, inna-l-hamda va-n-ni'mata laka»
deb talbiya aytar
edilar»,- deydilar.
27-bob. Ulovga minganda tahlildan ilgari takbir, tasbih va hamda hamd aytmoq
haqida
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga Madinada
to'rt rak'at peshin, Zulhulayfada ikki rak'at asr o'qidilar, so'ng
shu yerda qolib, tong
ottirdilar. So'ng, (ertalab) tuyalarini minib yo'lga tushdilar. Baydo'ga borganda tuyalari
to'xtab, qimirlamay tek turdi, Janob Rasululloh Olloh taologa hamd,
tasbih va takbir
aytdilar, keyin ersa haj va umraga tahlil aytdilar. Boshqalar ham shunday qilishdi. Yetib
borganimizda odamlarga amr qilib erdilar, ehromlarini yechishdi ta Tarviya kuni
ekanligiga qaramay, hajga tahlil aytishdi. Nabiy sallallohu alayhi va
sallam tuyalarni tik
turg'izib qo'yib o'z qo'llari birlan qurbonlik qildilar, Madinada ersa, ikkita ola qo'chqor
so'ydilar»,- deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: