Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi)
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
HAJ va UMRA IBODATLARI
(Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)
Tarjimon
Abbos Tursunov
Toshkent
2003 yil
«Endi, marosimlaringizni ado qilib bo‘lgach, Allohni ajdodlaringizni eslagandek,
balki undan-da qattiqroq eslang! Zotan odamlar orasida shunday kimsalar
borki, «Ey Parvardigor, bizga mana shu dunyoda bergin», deydi. Holbuki, uning
uchun Oxiratda hech qanday nasiba yo‘q. Va ularning orasida shunday zotlar
ham borki, «Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda
ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin», deydilar. Ana o‘sha
zotlar uchun qilgan ibodatlari (haj, duolari) sharofatidan nasiba bor. Alloh tez
hisob-kitob qilguvchi zotdir. Sanoqli kunlarda Allohni zikr qilingiz!»
(Baqara surasi, 200–203-oyatlar)
Taqdim
Bismillahir rohmanir rohiym.
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat etadi:
“Parvardigoringiz: “Menga
duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman”,
dedi”. (G‘ofir surasi, 60-oyat).
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan hadisi sharifda:
“Albatta Alloh taolo saxiy va hayo egasidir. U O‘zi uchun qo‘llarini ko‘tarib, duo qilib
to‘rgan kishini umidsiz, qup-quruq qaytarmoqlikdan hayo qiladi”, deyilgan.
Duo – ibodatdir. U banda bilan Holiqi Zuljalolning orasini bog‘laydi.
Inson Allohdan
rahmat, mag‘firat, ne’mat, so‘rab, Unga tavba-tazarru qilib, duoga qo‘l ochadi. Duo
orqali Parvardigoriga iltijo qilib, Undan madad so‘raydi. Bu bilan Alloh taolo huzurida
bandalikni, qullikni bo‘yniga oladi.
Duo
hamma joyda, barcha ibodatlarda, hamma vaqtda qilinaveradi. Ayniqsa haj va
umra ibodatlarida duolarning ko‘proq ijobat bo‘lishi haqida ulamo va fuzalolarning fikrlari
bor. Chunki ana shu ibodatlar asnosida musulmonlar dunyo hayotidan ma’lum
vaqtga
uzilib, Allohga yanada yaqinlashadilar, Parvardigorlari huzurida turib, tavba-tazarru
qilish, Uni ko‘proq
zikr etish, hojatlari va ne’matlarini so‘rash imkoniyati ko‘payadi.
Haj va umra ibodatini ado etish tartibi, uning arkonlari va hukmlari haqida ko‘plab
kitoblar tasnif etilib, har yili hojilarimiz ulardan bahramand bo‘lishmoqda. Endi haj va
umra qilish chog‘ida, arkonlarni bajarishda o‘qiladigan duolar ham kitob holida to‘planib,
hukmingizga havola etilyapti. Agar u ibodatlaringizni
komil qilishda, Allohga yolborib
qilayotgan duolaringizni ko‘paytirishda asqotib qolsa va yordam berolsa, musannif