Zamzam suvi ichilayotganda o‘qiladigan duo
«Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an varizqon vasi’an vashifa`an min kulli da`in
vasaqiymin birohmatika ya arhamar rohimiyn».
Ey rahmlilarning rahmlirog‘i – Allohim, rahmating bilan men Sendan manfaat beruvchi
ilm, keng rizq va har bir dard va xastaliklarga shifo so‘rayman.
Ibrohim (a.s.) maqomlarida o‘qiladigan duo
«Allohumma innaka ta’lamu sirriy va’alaniyyatiy faqbil ma’zirotiy, vata’lamu hajatiy
fa`a’tiniy su`liy, vata’lamu ma fiy nafsiy fag‘fir liy zunubiy, Allohumma inni as`aluka
iymanan yubashiru qolbiy va yaqinan sodiqon hatta a’lamu annahu la yusibuniy illa ma
katabta liy rizon minka bima qosamta liy, anta valiyyiy fiddunya val`axiroti, tavaffaniy
musliman va`alhiqniy bissolihiyn, Allohumma la tada’ lana fiy maqomina haza zanban
illa g‘ofartahu, vala hamman illa farrojtahu, vala hajatan illa qozoytaha va yassartaha,
fayassir umurona, vashroh sudurona, vanavvir qulubana, vaxtim bissolihati a’malana,
Allohumma tavaffana muslimiyna va`ahyina muslimiyna, va`alhiqna bissolihiyna, g‘oyro
xozayaa vala maftuniyna».
Allohim, albatta Sen sirrimni ham, sirtimni ham bilasan, bas, uzru o‘tinchimni qabul qil.
Hojatimni bilasan, bas, so‘ragan narsamni bergin. Nafsimdagi narsalarni bilasan, bas,
gunohimni mag‘firat qil. Allohim, Sendan qalbimni boshqaradigan iymon, va sodiq
ishonchni so‘rayman, hattoki menga faqat taqdir qilgan narsanggina yetishini, men
uchun taqsim qilgan narsangga rozi bo‘lgan holatimda bilaman. Sen u dunyo-yu bu
dunyo Egamsan. Meni musulmon holatda vafot ettirgin va solihlar bilan birga qilgin.
Allohim, bu maqomimizda mag‘firat qilinmagan gunohimizni, yechilmagan g‘amimizni,
ravo bo‘lmagan va oson qilinmagan hojatimizni qoldirmagin. Bas, ishlarimizni oson
qilgin, dillarimizni keng qilgin, qalblarimizni nurlantirgin, amallarimizni solihi bilan
tugatgin. Allohim, musulmon holatda vafot ettirib, musulmon holatda tiriltirgin, solihlar
bilan birga qilgin, fitnalangan, sharmanda bo‘lganlar bilan birga qilmagin!
Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi)
Do'stlaringiz bilan baham: |