Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tavof vaqtida gapirmoq mumkinmi?


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

65-bob. Tavof vaqtida gapirmoq mumkinmi?
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ka'bani 
tavof aylayotib, qo'lini tasma birlan boshqa bir odamning qo'liga bog'lab olib, yetaklab 
ketayotgan kishining yonidan o'tib qoldilar. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
tasmani kesib yubordilar-da, unga: «Qo'lidan yetaklag'il!»-dedilar».
66-bob. Tavof qilayotib, tasma yoki boshqa makruh narsani ko'rsa, kesib 
tashlaydir
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ka'bani tasma (yokim 
shunga o'xshash narsa) taqib tavof qilayotgan kishini ko'rib, (tasmasini) kesib 
tashladilar.
67-bob. Yalang'och odam Ka'bani tavof qilmaydir va mushrik haj qilmaydir
Humayd ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Siddik raziyallohu anhu Nahr 
kuni (qurboylik qiladirgan kuni) Hajjat ul-Vido'dan oldin Abu Hurayrani bir guruh 
odamlar birlan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bajarmoqni buyurgan hajga 
yuborib, «Bilib qo'yingiz, bu yildan keyin mushriklar haj qilmag'aydir va yalang'ochlar 
Ka'bani tavof aylamag'aydir!» deb jar solmoqni buyurdilar».
68-bob. Tavofi buzilsa...
Ato raziyallohu anhu: «Agar biror kishi tavof aylayotganda namoz boshlanib qolsa yokim 
odamlar oqimi tavof qilayotgan o'rnidan nariga surib ketsa, tavofini kelgan joyidan


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
davom ettirg'aydir»,- deydilar. Shu kabi hadislarni Ibn Umar va Abdurrahmon ibn Abu 
Bakr raziyallohu anhumolar ham rivoyat qilishgan.
69-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam yettinchi tavofda ikki rak'at namoz 
o'qidilar
Nofi': «Ibn Umar raziyallohu anhu har yettinchi tavofda ikki rak'at namoz o'qir erdilar»,- 
dedilar. «Tavofning ikki rak'at namozi o'rniga farz namozi o'qisa, kifoyadir»,- dedilar 
Ato. Shunda Zuhriy: «Sunnatga rioya qilmoq afzalroq, chunki Nabiy sallallohu alayhi va 
sallam yetti marta tavof etsalar, ikki rak'at namoz o'qimay qo'ymas erdilar»,- dedilar.
Amr rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Umrada, Safo va Marva 
orasini tavof etmasdan oldin, kishi (o'zining) ayoliga qo'shila olg'aydirmi?»-deb so'radik. 
Ul kishi bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka'bani 
yetti martaba tavof ayladilar, so'ng Maqomi Ibrohim ortiga o'tib, ikki rak'at namoz 
o'qidilar. Keyin, Safo va Marva orasini tavof qildilar-da, «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir!» degan oyatni o'qidilar». Jobir ibn 
Abdulloh raziyallohu anhudan so'ragan erdim, «Safo va Marva orasini tavof qilib 
bo'lmaguncha, kishi ayoliga yoqinlashmag'aydir»,- dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling