Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Arafa kuni tutiladirgan ro'za haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

85-bob. Arafa kuni tutiladirgan ro'za haqida
Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Arafa1
kuni odamlar Nabiy sallallohu alayhi va 
sallamning ro'za tutganliklaridan shubhalanishdi. Shunda, men Nabiy sallallohu alayhi va 
sallamga meva sharbati yuborgan erdim, ichdilar».
86-bob. Minodan Arafotga takbir va talbiya aytib borish haqida
Abdulloh ibn Yusuf rivoyat qiladirlar: «Muhammad ibn Abu Bakr as-Saqofiy va Anas ibn 
Molik raziyallohu anhumo ikkalalari Minodan Arafotga ketishayotgan erdi. Shunda, 
Muhammad ibn Abu Bakr: «O'sha kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
Minodan Arafotga ketayotganingizda ne qildingizlar?» - deb Anasdan so'radi. Anas:
«Ba'zi birimiz tahlil, ba'zi birimiz talbiya aytib bordik, Janob Rasululloh hech qaysimizga 
bir nima demadilar»,- dedi».
87-bob. Arafa kuni kechki payt ko'chaga chiqish haqida
Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulmalik ibn Marvon haj amallarida Ibn


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Umarga qarshilik qilmaslikni buyurib, Hajjojga maktub yozdi. Ibn Umar raziyallohu anhu 
(men u kishi birlan birga erdim) arafa kuni, Quyosh botgan paytda, Hajjojning chodiri 
oldiga kelib, qichqirdilar. Hajjoj sariq ko'ylagini kiyib chiqib: «Ey Abdurrahmonnyng 
otasi, sizga ne bo'ldi?» - dedi. Ibn Umar: «Agar sunnatni ado etging kelsa, tez 
qimirlag'il, bir yerga bormoq kerak»,-dedilar. «Hozirmi?» - dedi Hajjoj. «На»,- dedilar 
Ibn Umar. «Andak sabrdilib turingiz, boshimdan suv quyib olay»,-dedi Hajjoj. Ibn Umar 
tuyadan tushib, Hajjoj chiqquncha poylab turdilar. Hajjoj chiqqach, Ibn Umar men birlan 
otam ikkalamizning o'rtamizda ketdilar. Men Hajjojga: «Agar sunnatni buzmay desang, 
xutbani qisqaroq aytib, vuqufni tezlashtirg'il!» - deb edim, u Abdullohga alanglab qaray 
boshladi. Buni sezgan Abdulloh: «U to'g'ri aytayotir»,- dedik»

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling