Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Hayz ko'rgan ayol barcha haj udumlarini ado qiladir, faqat tavof
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
81-bob. Hayz ko'rgan ayol barcha haj udumlarini ado qiladir, faqat tavof
etmaydir; Safo va Marva orasida tahoratsiz sa'y qilsa... Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men hayz ko'rgan holimcha Makkaga kelib, na Ka'bani tavof aylay oldim va na Safo va Marvada sa'y qildim. Men buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib, shikoyat etdim. Ul kishi: «Toza bo'lguningcha Ka'bani tavof aylamag'il, hojilar ne qilsalar, sen ham shuni qilg'il!» - dedilar». Jobir ibn Abdullohraziyallohu anhudan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va ashoblari hajga ehrom bog'ladilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Talhadan boshqaning Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy qurbonlikka atalgan jonlig'i yo'q erdi. Shu payt, AN Yamandan jonliq yetaklab kelib qoldi- da: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom bog'lasalar, men ham o'shanga ehrom bog'lag'aydirman»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalarga katta haj o'rniga umra qilmoqni, sochlarini kalta qilmoqni hamda jonliq yetaklab kelganlardan tashqari hammaga ehromini yechmoqni amr qildilar. Shunda sahobalar: «Minoga borg'aymizmi? Ba'zi birimizning zakarimizdan maniy tomib turibdir-ku?!»- deyishdi. Bu gap Janob Rasulullohning quloqlariga yetgach: «Men keyinga surgan ishimni oldin qilmoqchi bo'lganimda, jonliq olib kelmagan bo'lar erdim, jonlig'im bo'lmaganda erdi, men ham ehromimni yechgan bo'lar erdim»,- dedilar. Oisha onamiz hayz ko'rgan bo'lsalar ham, barcha haj udumlarini ado etdilar, lekin faqat Ka'bani tavof aylamadilar, uni poklanganlaridan keyin tavof qildilar. Oishaonamiz: «YoRasululloh, sizlar haj birlan umra qildingizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- deganlarida, Janob Rasululloh: «Ukang Abdurrahmon birlan Tan'imga borib, umra qilib kelg'il!»- dedilar. Shunda, Oisha onamiz hajdan keyin umra qilib qaytdilar». Hafsa aytadirlar: «Biz joriyalarimizni uydan tashqariga chiqarmas erdik. Bir kuni bir ayol Baniy Xalaf qasriga kelib tushdi. U singlisining Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalaridan birining xotini ekanligini, uning eri Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o'n ikki marta g'azot qilganligini, shu g'azotlarda singlisi ham eri birlan birga ishtirok etib, yaradorlarni davolaganini aytdi. «Singlim,- dedi boyagi ayol,- Janob Rasulullohdan: «Agar birortamizning yoping'ichimiz bo'lmasa-yu, hayit namoziga chiqolmay qolsak, gunoh bo'lmag'aydirmi?»-deb so'raganida, ul kishi: «Dugonasining yoping'ichlaridan birini olib tursin, xayrli ishdan qolmasin, mo''minlar birlan birga chiqib, duo aytsin!» - debdirlar, Boyagi xotin (Ummu Atiyya) kelganida: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam falon narsalar to'g'risida ne deganlar, eshitganmisiz, deb so'rashdi ayollar, Shunda u: «Ha, otam haqqi-hurmati (u, Janob Rasulullohning nomlarini tilga olganda, ko'pincha «otam haqqi hurmati» deb qo'yardi), eshitganman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam endigina bo'yiga yetgan qizlarga ham namozga chiqmoqni buyurar erdilar»,- dedi. «Hayz ko'rgan xotinlarga hammi?»-deb so'radim. Shunda u: «Ha, hayz ko'rgan xotin Arafotga chiqmag'aydirmi? Yoki falon, yo piston qilmag'aydirmi?»-deya haj udumlarini sanay ketdi». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling