Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tahorat olib tavof qilmoq haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 79-bob. Safo va Marvada say qilmrqning vojibligi va uning Olloh taolo udumlaridan biriga aylanganligi haqida
78-bob. Tahorat olib tavof qilmoq haqida
Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Navfal Qurayshiy Urva ibn Zubayrga (tahorat olib tavof qilmoq haqida) savol berdilar. Shunda, Urva bunday deb javob qildilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam,- deb edilar Oisha onamiz,-Makkaga haj qilgani kelganlarida, dastlab tahorat old ilar, so'ng Ka'bani tavof ayladilar, lekin umra qilmadilar». Abu Bakr raziyallohu anhu ham haj qilganlarida avval tahorat olib so'ng Ka'bani tavof etganlar, umra qilmaganlar. Umar raziyallohu anhu ham shunday qilganlar. Keyinchalik, Usmon raziyallohu anhu haj qildilar. Ul kishining ham dastlab tahorat olib, so'ng Ka'bani tavof Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy aylaganlarini, ammo umra qilmaganlarini ko'rdim. Keyin, Muoviya birlan Abdulloh ibn Umar ham shunday qilishdi. Men otam Zubayr ibn Avvom birlan haj qilganimda, ul kishi ham dastlab tahorat olib, so'ng Ka'bani tavof etdilar, umra qilmadilar. Muhojir va ansorlarning ham shunday qilishganini ko'rdim. Eng oxiri bo'lib, Ibn Umarning shunday qilganining shohidi bo'ldim. U ham an'anaga ko'ra, umra qilmadi. Mana, Ibn Umar ularning oldida ketayotir, hech kim undan bir narsani so'ramakka botinmaydir, o'tkinchilar ham faqat Ka'bani tavof aylamak niyatidagina qadam tashlashayotir... Mana, tavof ham qilib bo'lishdi, lekin ular hanuz ehromdadirlar. Men onam birlan xolamning ham Ka'bani tavof aylab bo'lmagunlaricha, boshqa biror narsa qilishmaganining hamda ehromlarini yechishmaganining shohidi bo'lgandirman». Urva raziyallohu anhu: «Menga onam aytdilarki, ul kishi birlan xolam, Zubayr va falonchi-pistonchilar umraga talbiya aytishib, Qora Toshni silab tavof qilishgach, ehromlarini yechishibdir»,— deydilar. 79-bob. Safo va Marvada sa'y qilmrqning vojibligi va uning Olloh taolo udumlaridan biriga aylanganligi haqida Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Oisha onamizga: Olloh taoloning «Safo va Marvada sa'y qilmoq Olloh taolo udumlaridan biridir, kim Ka'bani tavof aylasa yokim umra qilsa, ularning ikkalasini (Safo va Marvani) tavof etmog'i gunoh bo'lmag'aydir» degan qavli haqida ne dersiz? Xudo haqqi, Safo va Marvani tavof aylamasa, hech kim gunohkor bo'lmas erkan!» — dedim. Ey jiyanim,— dedilar Oisha onamiz,— nechuk be'mani so'z aytding! Agar bu oyatning tafsiri sen aytganingcha bo'ladirgan bo'lsa, unda Safo va Marvani tavof aylamasa, gunohkor bo'lmas erkan-da?! Ammo, bu oyat ansorlar haqida nozil bo'lgan bo'lib, ular musulmon bo'lmoqlaridan avval Mushallal degan joydagi o'zlari ibodat qiladirgan butga — mustabid Manotga tahlil aytishar erdi. Shu boisdan ham Safo va Marvani tavof aylamakka hayiqishar erdi. Ular musulmon bo'lganlaridan so'ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani tavof qilmoqqa hayiqar erdik, shukrkim, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof aylamak Olloh udumlaridandir!» degan oyati kariymasini nozil qildy»,— deyishdi. Shundan so'ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safo va Marvani tavof etmakni sunnat qildilar, buni qilmaslikka hech kimning haqqi yo'qdir!» «Men ushbu hadisni Abu Bakr ibn Abdurrahmonga aytganimda,— deydilar Zuhriy raziyallohu anhu,— u bunday dedi: «Oisha zikr qilgan but — Manotga tahlil aytmaydirgan barcha odamlar Safo va Marvani tavof qilishardi. Olloh taolo Qur'onda Safo va Marvani tavof aylamakni zikr qilmay, Ka'bani tavof etmakni zikr qilganida, odamlar: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani tavof qilar erdik, Olloh taolo Ka'bani tavof aylamak haqida oyat nozil qildi, Safoni zikr qilmadi, agar biz Safo va Marvani tavof qilsak, gunohkor bo'lg'aymizmi?» - deyishdi. Shunda, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof aylamak Olloh udumlaridandir!»degan oyati kariymasini nozil qildi». «Bu oyat,- deb davom etdilar Abu Bakr,- ikki toifa odamlar xususidadir, biri - johiliya davrida Safo va Marvani tavof etmakka hayiqqan kishilar, ikkinchisi - ilgari Safo va Marvani tavof aylab yurib, keyin, islom davriga kelganda, Olloh taolo Ka'bani tavof etmakni zikr qilib, Safoni eslatmaganligidan ularni tavof aylamakka hayiqib qolgan kishilar ha.qida nozil bo'lgan. Shundan so'ng Olloh taolo Safo va Marvani ham tavof aylamak lozimligini eslatib, oyat nozil qilgan, deb eshitg'ayman». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling