Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Zamzam haqida qanday rivoyatlarni keltirishadi?
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 77-bob. Qorin - bir yola haj va umra qiladirgan shaxs nechuk tavof qiladir
76-bob. Zamzam haqida qanday rivoyatlarni keltirishadi?
Anas ibn Molik raziyallohu anhu Abu Zarr raziyallohu anhudan o'zlari eshitgan quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Men Makkadalig'imda,- dedilar Janob Rasululloh,- uyimning tomi ochilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. Keyin, ko'kragimni yorib, zamzam suvi birlan yuvdilar-da, tilla lagan to'la hikmat va iymon keltirib, ichiga soldilar. So'ng, ko'kragimni yopib, asliga keltirdilar, keyin qo'limdan ushlab, osmonning eng pastki qavatiga olib chiqdilar. Shunda, Jabroil alayhissalom osmonning eng pastki qavati posboniga: «(Eshikni) ochg'il!» - dedilar. Posbon: «Bul kimdir?»-dedi. Hazrat Jabroil: «Bul menman, Jabroilman»,- dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tik turganlarida zamzam ichirdim» ,— deydilar. Osim raziyallohu anhu ersa: «Ibn Abbosning ozod qilingan quli (mavlo) Ikrimaning ont ichib aytishiga qaraganda, o'shal kuni Janob Rasululloh faqat tuya minib yurganlar»,- deydilar. 77-bob. Qorin - bir yo'la haj va umra qiladirgan shaxs nechuk tavof qiladir? Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido' kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga chiqib, umraga ehrom bog'ladik. Keyin, Janob Rasululloh: «Kimning jonligi bo'lsa, bir yo'la haj ham umraga niyat aylab, ehrom bog'lasin, har ikkala udumnk ado etmaguncha ehromini yechmasin!»- dedilar. Men hayz ko'rgan holimda Makkaga kelgan erdim. Haj (katta haj) qilib bo'lganimizda, Janob Rasululloh meni (ukam) Abdurrahmon birlan birga Tan'imga yubordilar, men umra qilib qaytdim. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Bu (hayz bo'lib qolib, qilolmagan) umrang o'rniga o'tg'aydir»,- dedilar. Umraga ehrom bog'laganlar (Ka'bani) tavof etishgach, ehromlarini yechishdi. Ammo, bir yo'la haj ham umraga talbiya aytganlar Ka'bani bir marta tavof qilishdi». Nofi' raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar huzurlariga o'g'illari Abdulloh ibn Abdulloh tuyasini hovlida qoldirib, kirib keldi-da: «Men bu yil odamlar orasida urush bo'lmasligiga ishonmasman, Ka'bani tavof qilgani chiqsangiz, yo'lingizni (kofirlar) to'smog'i mumkin. Bu yil haj qilmay tursangiz bo'larmi erdi?» - dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Ka'bani tavof qilgani chiqqanlarida Quraysh kofirlari yo'llarini to'sib, ul kishi birlan Ka'ba oralig'ida turib olgan erdi, agar menga ham shundoq qilishsa. unda Janob Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir, deyishadir-ku, axir!»-dedilar Ibn Umar. Keyin yana: «Sizlarni guvoh qilib ayturmenkim, umra ustiga albatta haj ham qilg'ayman!»-deb qo'shib qo'ydilar, so'ng, Ka'baga borib, ikkala haj uchun bir marta tavof qildilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling