Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Arafotda turmoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

91-bob. Arafotda turmoq haqida
Jubayr ibn Mut'im rivoyat qiladirlar: «Bir tuyamni yo'qotib qo'ygan erdim, arafa kuni uni


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
izlagani chiqdim. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda turganlarini 
kurib qoldim. Uzimga-o'zim: «Xudo haqqi, bu kishi hums (taqvodor) odam bo'lmasalar, 
shu paytda u yerda ne qilar erdilar?!» -deb qo'ydim (Johiliya davrida dinni qattiq 
ushlagan Quraysh qabilasiga mansub kishilarni «humslar» deb atashgan)».
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Johiliya davrida Quraysh qabilasiga mansub 
muttaqiy kishilar (humslar) va ularning bolalaridan boshqa odamlarning barchasi 
yalang'och tavof qilishar erdi. Humslarning erkaklari erkaklarga, ayollari ayollarga, ular 
yalang'och tavof aylamasin, deb kiyim in'om etishar erdi. Ular Olloh taolodan savob 
umidida shunday qilishar erdi. Hums kiyim bermagan kishi Ka'bani yalang'och tavof etar 
erdi. Ko'plab odamlar Arafot tomondan, humslar ersa, Jam' (Muzdalifa) tomondan 
Ka'baga tavof qilgani kelishar erdi».
Hishom raziyallohu anhu: «Olloh taoloning mana bu «So'ng, odamlar (Ka'baga) qay 
tomondan gavjum bo'lib kelsalar, sizlar ham o'shal tomondan gavjum bo'lib kelingizlar!» 
degan oyati kariymasi humslar xususida nozil bo'lgan ekan, otam menga shunday 
deganlar, otamga ersa, Oisha onamiz aytgan ekanlar»,- deydilar. «Ilgari odamlar 
Ka'baga Jam' tomondan gavjum bo'lib kelishar erdi, endi bo'lsa, ular Arafotga 
qaytarildi»,- deydilar Urva raziyallohu anhu.
92-bob. Arafotdan qaytishdagi yurish haqida
Hishom ibn Urva raziyallohu anhuga otalari bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Men 
Usoma huzurida o'tirgan erdim, undan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafotdan 
qaytishda Hajjat ul-Vido'da nechuk yurar erdilar?» -deb so'rashdi. Usoma: «Sekin ham 
ermas, tez ham ermas, o'rtacha yurar erdilar, agar odamlar siyrakroq joyga chiqib 
qolsalar, tezlashar erdilar»,- dedi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling