Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Oilasidagi zaif odamlarni, «Duolar o'qib turishsin», deb tunda
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
98-bob. Oilasidagi zaif odamlarni, «Duolar o'qib turishsin», deb tunda
Muzdalifaga yuborgan va ularni oy botgandan keyin qaytarib olib kelgan kishi Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy xususida Solim rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu oilalaridagi zaif odamlarni tunda Muzdalifaga yuborar erdilar, ular o'sha yerdagi Al-Mash'ar ul-Harom oldida turib, qo'llaridan kelgancha Olloh taoloni zikr qilishardi va imom vuquf qilib qaytmasidan oldin qaytishardi. Ulardan ayrimlari Minoga bomdod o'qishga borishardi va ba'zilari shundan keyin Jamraga borib, tosh otishardi. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga shunday qilmoqqa ruxsat berdilar»,- deydilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu. alayhi va sallam meni Jam'dan kechasi jo'natdilar»,- deydilar. Ibn Abbrs raziyallohu anhu: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda o'z oilalaridagi zaif odamlarga qo'shib Muzdalifaga jo'natgan kishilardan biridirman»,- deydilar. Asmoning mavlosi Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Jam' kechasi Asmo Muzdalifaga kelib, namoz o'qimoqqa tutindilar. Bir soatcha namoz o'qib, so'ng: «Ey o'g'lim, oy botdimi?» - deb so'radilar. Men: «Yo'q»,- dedim. Tag'in bir soatcha namoz o'qib: «Oy botdimi?» - deb so'radilar. Men: «На»,- dedim. Ul kishi: «Qo'zg'olingiz!»- dedilar. Biz yig'ishtirinib, yo'lga tushdik. Tosh otib, uylariga qaytib kelgach, bomdod o'qidilar. Shunda men: «Namozni qorong'iroq vaqtda (ertaroq) o'qib qo'ydik, shekilli?» - dedim. Ul kishi: «Ey o'g'lim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam taxti ravonli ayollarga bomdodni ertaroq o'qimoqqa ruxsat berganlar»,- dedilar». Oisha raziyallohu anho: «Jam' kechasi Savda Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan oldinroq ketmakka ruxsat so'radi, chunki u juda sekin yurardi. Shunda, Janob Rasululloh unga ruxsat berdilar»,- deydilar. Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Muzdalifaga keldik. Savda qadami vazmin bo'lganligidan tiqilinchda qolib ketmasligi uchun Minoga oldinroq ketmoqqa Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan ruxsat so'radi. Janob Rasululloh unga ruxsat berib erdilar, u ertaroq yo'lga chiqdi. Biz tong yorishguncha o'rnimizda qoldik. Keyin, Janob Rasululloh qo'zg'olishlari birlan biz ham qo'zg'oldik. Men ham Savda kabi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ertaroq ketmakka ruxsat so'rasam bo'lar erdi, lekin ul kishi birlan birga bo'lmoqdan saodatliroq narsa yo'qdir!» Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling