Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 104-bob. Ozi birlan qurbonlik yetaklab olgan kishi xususida
103-bob. Tuya minish haqida
Olloh taolo: «Qurbonlik tuyalarini Biz sizlar uchun Ollohning nishonlaridan qildik (ya'ni, tuyalarni qurbonlik qilmoq ham Olloh udumlaridandir), ularning o'zlarida va ularni odob birlan qurbonlik aylamoqlikda sizlar uchun ko'p foydalar bordir. Ularni turg'izib, Olloh nomini zikr qilib, zabh aylangiz, ularni yonboshlariga yiqilganlaridan keyin iste'mol qylingiz va qanoatli muhtojlarga hamda muhtoj tilamchilarga yediringiz! Hayvonlarni, shukr qilursizlar deb, sizlarga musaxxar ayladik, ularning na go'shtlari va na qonlari Olloh rizolig'iga kifoya etmag'aydir, balkim sizlarning dilingizdagi xavfu taqvo kifoya qilg'aydir. Olloh, sizlarga hidoyat qilgani uchun (unga) takbir aytg'aysizlar deb, ularni sizlarga mana shundoq musaxxar ayladik, xayrli ish qilg'uvchilarga buni bashorat qilingiz!» - deydir. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya haydab borayotgan kishini ko'rib: «Uni minib olg'il!»-dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh yana: «Minib olg'il!»-dedilar. Boyagi kishi tag'in: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi yoki ikkinchi marta: «Sho'ring qursin, minib olg'il!»-dedilar». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuya haydab borayotgan bir kishini ko'rib: «Uni minib olg'il!» - dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasulullox, yana: «Minib olg'il!»-dedilar. U tag'in: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta: «Minib olg'il!» - dedilar». 104-bob. O'zi birlan qurbonlik yetaklab olgan kishi xususida Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido'da (katta) hajdan oldin umra qilib old ilar, Ul kishi Zulhulayfadan o'zlari birlan qurbonlik haydab kelib, avval umraga so'ng hajga ehrom bog'ladilar, odamlar ham Nabiy sallallohu alayhi va sallam singari hajdan oldin umraga ehrom bog'lashdi. Shunda, ba'zilar o'zlari birlan jonliq yetaklab olishgan va ayrimlar jonliqsiz kelishgan erdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida, odamlarga: «Kimki orangizda qurbonlik olib kelgan ersa, hajni ado etmaguncha man' etilgan ishlarni qilmoqqa ruxsat yo'q, kimki jonliq olib kelmagan ersa, Ka'bani tavof aylab, Safo va Marva orasida sa'y qilsin, so'ng sochini oldirib, ehromdan chiqsin, shundan keyingina hajga ehrom bog'lasin! Umuman jonliq topolmaganlar ersa, haj kunlari uch kun, uyiga qaytgach, yetti kun ro'za tutsin!» - dedilar. Janob Rasululloh Makkaga kelganlarida Ka'bani tavof qilmakni eng avvalo ruknyi o'pib istilom qilmakdan boshladilar, so'ng uch marta shitob aylab va to'rt marta oddiy yurish qilib tavof etdilar, keyin Maqomi Ibrohim oldida ikki rak'at tavof namozi o'qib, salom berib turdilar-da, Safoga keldilar, Safo va Marvani yetti martaba aylandilar. Janob Rasululloh hajni ado etgunlariga qadar man' etilgan ishlarni qilmadilar. Nahr kuni jonliqlarini zabh qilib, ifoza etdilar va Ka'bani tavof ayladilar. Shundan keyingina hajda qilib bo'lmaydirgan ishlarni qilmoq imkoniga ega bo'ldilar. Rasululloh yuqorida nimaiki qilgan bo'lsalar, boshqalar ham shunday qildi». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling