Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ehromini yechishdan oldin sochini to'zg'imaydigan qilib yopishtirib


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

126-bob. Ehromini yechishdan oldin sochini to'zg'imaydigan qilib yopishtirib 
olib,keyin uni kalta qilib oldirgan kishi hususida.
Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Yo Rasululloh
odamlar umrani tugatishib, ehromlarini yechishdi-yu, nega siz hanuz ehromingizni 
yechmayotirsiz?» -dedilar. Janob Rasululloh: «Men sochimni to'zg'imaydirgan qilib 
yopishtirib olgandirman, endi qurbonlikka atalgan jonlig'imni zabh qilmagunimcha 
ehromimni yecha olmasman»,- dedilar».
127-bob. Ehromni yechishdan oldin soch oldirmoq haqida
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har safar hajdan 
keyin sochlarini oldirar erdilar»,- deydilar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Yo Olloh, sochini oldirganlarga rahmat aylag'il!» -dedilar. Shunda: «Yo 
Rasululloh, sochini qisqartirganlarga ham, deb aytingiz!» -deyishdi sahobalar. Janob 
Rasululloh yana: «Yo Olloh, sochini oldirganlarga rahmat aylag'il!» - dedilar. «Yo 
Rasululloh, sochini qisqartirganlarga ham, deb aytingiz!»-deyishdi yolborib sahobalar. 
Nihoyat, Janob Rasululloh: «Qisqartirganlarga ham»,- dedilar».
Nofi' rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh: «Olloh sochini oldirguvchilarga rahmat qilsin!» 
- deb bir necha bor aytdilar. Shunda, sahobalar to'rt marta yolborib iltimos qilganlaridan 
so'nggina: «Sochini qisqartirguvchilarga ham rahmat qilsin!»-deb qo'ydilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
«Yo partardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm (rahmat) aylag'il!» - dedilar.
Sahobalar: «Sochini qisqartirguvchilarga ham»,- deb yolborishdi. Janob Rasululloh yana: 
«Yo parvardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm aylag'il!» - dedilar. Sahobalar tag'in: 
«Sochini qisqartirguvchilarga ham»,-deb yolborishdi. Janob Rasululloh yana: «Yo 
parvardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm aylag'il!» - dedilar. Sahobalar tag'in: 
«Sochini qasqartirguvchilarga ham»,- deb yolborishdi. Nihoyat, Janob Rasululloh: 
«Sochini qisqartirguvchilarga ham»,- . deb aytdilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va bir guruh 
sahobalar soch oldirdilar qolganlar ersa, sochlarini qisqartirishdi»,-deydilar.
Muoviya raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlarini 
kamon o'qining tig'i birlan qisqartirdim»,-deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling