Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Umra qilgandan keyin sochni qisqartirmoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

128-bob. Umra qilgandan keyin sochni qisqartirmoq haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida 
sahobalarga Ka'ba hamda Safo va Marvani tavof aylamakni, so'ng ehromlarini yechib
sochlarini oldirmakni yokim qisqartirmakni amr qildilar», - deydilar.
129-bob. Nahr kuni tavof qilmoq haqida
Abu Zubayr: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (Nahr kuni) tavof aylamakni 
kechqurunga qoldirdilar»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minodan oldin Ka'bani 
tavof qilar erdilar»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «(Nahr kuni) Janob Rasululloh (Ka'bani) bir marta tavof 
ayladilar, endi, qaylula qilib olgach, Minoga borgaydirlar»,-dedilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
hajga chiqib, Nahr kuni tavofi ifoza qildik. O'sha kuni Safiyya hayz ko'rib qoldi. Men buni 
Janob Rasulullohga aytgan erdim, ul kishi: «Bizni yo'ldan qoldiradirgan bo'libdir-da»,- 
dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, u (Safiyya) Nahr kuni tavofi ifoza qilib olgan 
erdi»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Undoq bo'lsa, yo'lga chiqingiz!»- dedilar-da, 
Safiyyaga vidolashuv tavofini qilmaslikka ijozat berdilar».
Oisha raziyallohu anho: «Nahr kuni Safiyya tavofi ifoza qildi»,- deydilar.
130-bob. Kechqurun tosh otib qo'ysa yoki zabh qilmoqdan oldin sochini 
bilmasdan (yoki unutib) oldirib qo'ysa...
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan zabh 
qilmoq, soch oldirmoq yokim tosh otmoqni birining o'rniga ikkinchisini almashtirib 
bajarish to'g'risida so'rashganida, ul kishi: «Bularning o'rnini almashtirsa, zarari 
yo'qdir»,- dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nahr kuni Minoda Nabiy sallallohu alayhi


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
va sallamga savollar berishar erdi, ul kishi barchasiga ham: «Bo'laverg'aydir»,- deb 
javob berardilar. Bir kishi: «Zabhdan oldin soch oldirib qo'ydim, endi ne bo'lg'aydir?»- 
deb so'rab qoldi. Janob Rasululloh: «Zabh qilaverg'il, gunohi yo'qdir»,- dedilar. Boyagi 
kishi yana: «Kechqurun tosh otib qo'yibdirman»,- dedi. Janob Rasululloh: 
«Bo'laverg'aydir»,- dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling