Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tosh otmasdan oldin tuya minib turib fatvo bermoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet398/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

131-bob. Tosh otmasdan oldin tuya minib turib fatvo bermoq haqida
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul- 
Vido'da tuya minib turgan erdilar, odamlar savol bera boshlashdi. Bir kishi: «Bilmay, 
zabhdan oldin sochimni oldirib qo'yibdirman»,-dedi. Janob Rasululloh: «So'yaverg'il, 
hech narsa qilmag'aydir»,- dedilar. Yana boshqa birov: «Tosh otishdan oldin, bilmay 
zabh qilib qo'yibdirman»,- dedi. Janob Rasululloh: «Endi tosh otaverg'il, hechqisi yo'q»,- 
dedilar. O'sha kuni kim ne haqida so'ramasin, «Bo'laverg'aydir, gunohi yo'qdir»,- deb 
javob berdilar».
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu 
alayhi va sallamning Nahr kuni aytgan xutbalarida hozir erdim. Bir kishi turib: «Men 
falon narsa falon narsadan oldin bajarilg'aydir, deb o'ylardim»,- dedi. Yana boshqasi 
turib: «Men ham falon narsa falon narsadan oldin ado etilsa kerak, deb yurar erdim, 
Nahr kunidan oldin soch oldirib qo'yibdirman»,-dedi. Xullas, har kim istagan savolini 
berdi. Janob Rasululloh: «Bir amalni ikkinchisidan oldin bajarmoqning gunohi yo'qdir»,- 
dedilar. O'sha kuni kim ne haqida so'rasa: «Vo'laverg'aydir, hechqisi yo'qdir»-deb jayub 
qildilar».
132-bob. Mino kunlari xutba aytmoq qaqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Nahr kuni xutbada: «Ey odamlar, bugun qaysi kundir?»-dedilar. «Muqaddas (tabarruk) 
kundir»,- deyishdi. «Bu nechuk joydir?» - dedilar. «Muqaddas (tabarruk) joydir»,- 
deyishdi. «Bu oy qanday oydir?» -dedilar. «Muqaddas (tabarruk) oydir»,- deyishdi. 
Janob Rasululloh: «Qoningiz, molu holingiz va oru nomusingiz bir-biringiz uchun shu 
kun, shu joy va shu oyning muqaddasligi kabi muqaddasdir!» - dedilar. Buni bir necha 
bor takrorladilar. Keyin, boshlarini ko'tarib: «Yo parvardigor-o, men yetkaza oldimmi
yetkaza olmadimmi?» - deb qo'shib qo'ydilar. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ul 
kishining bul so'zlari o'z ummatlariga qoldirgan vasiyatlari bo'lib, «Mendan keyin o'zaro 
qon to'kib, kofir bo'lib ketmangizlar!» deganlaridir». '
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda xutba 
o'qiyotganlarini eshitdim»,- dedilar.
Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni 
bizga xutba o'qidilar, so'ng: «Bilurmisiz, bugun qaysi kundir?» -dedilar. Shunda biz: 
«Olloh va uning Rasuli bilg'aydir»,- dedik. Ul kishi jim qoldilar, hatto biz bul kunni 
boshqa biror nom birlan atasalar kerak, deb o'yladik. Keyin, boshlarini ko'tarib: «Nahr 
kuni ermasmi?» -dedilar, biz: «На»,-dedik. «Bul qaysi oydir?»,- dedilar, biz: «Olloh va 
uning Rasuli bilg'aydir»,-dedik. Ul kishi yana jim qoldilar, hatto biz uni boshqa biror nom 
birlan atasalar kerak, deb xayol qildik. Keyin: «Zulhijja ermasmi?» - dedilar, biz: «На»,- 
dedik. «Bul qanday shahardir?»-dedilar, biz: «Olloh va uning Rasuli bilg'aydir»,- dedik.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Ul kishi yana sukut saqladilar, hatto biz uni boshqa biror nom birlan atasalar kerak, deb 
o'yladik. Keyin: «Muqaddas (shahar) ermasmi?»-dedilar, biz: «На»,- dedik. Janob 
Rasululloh: «Olloh taolo sizlarning qonlaringaz va mollaringizni bir-biringiz uchun mana 
shul muqaddas joyingiz, oyingiz va kuningiz yanglig' to parvardigoringizga ro'para 
bo'ladirgan kuningizga qadar muqaddas ayladi. Ayo, (sizlarga) yetkaza oldimmi?» - 
dedilar. Sahobalar: «Ha»,-deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigor-o, o'z vazifamni 
ado etganimga guyuh bo'lg'il, shul yerda turganlar boshqalarga (so'zlarimni) 
yetkazsinlar, chunkim tinglovchilarga nisbatan riyuyat qilg'uvchilar yodlarida ko'proq 
saqlab qolg'aydirlar. Mendan keyin bir-birining bo'g'ziga tig' uradirgan kofir bo'lib 
ketmangiz!» -dedilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda 
turganlarida: «Bilurmisiz, bugun qaysi kundir?» - dedilar. «Olloh va uning Rasuli 
bilg'aydir»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Bu kun muqaddas kundir»,- dedilar., Keyin: 
«Bilurmisiz, bu qanday shahardir?»-deb so'radilar. «Olloh va uning Rasuli bilg'aydir»,- 
deyishdi. Janob Rasululloh: «Bu muqaddas shahardir»,- dedilar. Keyin: «Bilurmisiz, bu 
qaysi oydir?» - dedilar. «Olloh va uning Rasuli bilg'aydir»,- deyishdi. Janob Rasululloh: 
«Bu muqaddas oydir»,- dedilar. So'ng, yana bundoq dedilar: «Olloh taolo qoningiz, 
molingiz va oru nomusingizni bir-biringiz uchun ana shul muqaddas shahringiz, tabarruk 
oyingiz va ulug' ayyomingiz yanglig' muqaddas ayladi».
Hishom ibn al-Roz rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni Hajjat 
ul-Vido'da toshloq yerda turib, «Bu kun hajji akbar - ulug' haj kunidir! Yo parvardigor-o, 
o'z vazifamni ado etganimga guyuh bo'lg'il!» - deb odamlar birlan vidolashgan erdilar. 
O'shandan beri odamlar shul kunni Hajjat ul-Vido' -Vidolashuv haji deb atashadigan 
bo'ldi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling