Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Hajdan keyin jonliqsiz umra qilmoq haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Umraning savobi (ajri) chekilgan mashaqqatga yarasha bolgaydir
- 9-bob. Umra tavofini ado etgan kishi Tavofi vido qilmasa ham boladirmi
7-bob. Hajdan keyin jonliqsiz umra qilmoq haqida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Zulhijja oyi arafasida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hajga chiqdik. Janob Rasululloh: «Umra qilmakni istaganlar ham, haj qilmakni istaganlar ham, ehrom bog'lasinlar. Men jonliq keltirmaganimda albatta umraga ehrom bog'lar erdim»,— : dedilar. Shunda sahobalarning bir qismi umraga, qolganlari hajga ehrom bog'ladilar. Men ersam, umraga ehrom bog'lagan erdim. Makkaga kelganimizda hayz ko'rib qoldim, arafa kuni erdi. Men Janob Rasulullohga bu haqda ma'lum qildim. Ul kishi: «Umrani qo'ya turg'il, sochingni yozib, g'usl qilib olg'il-da, hajga ehrom bog'lag'il!» - dedilar. Men aytganlarini qildim. Hasba kechasi meni ukam Abdurrahmon birlan birga Tan'imga yubordilar. Ukam meni tuyaga mingashtirib, Tan'imga olib borgach, qazo bo'lgan umra o'rniga qaytadan umra qilmak uchun ehrom bog'ladim. Olloh taolo haj va umra qilmakni menga nasib etdi. Bunda qo'shimcha jonliq ham, sadaqa ham va ro'za tutmak ham talab qilinmag'aydir». 8-bob. Umraning savobi (ajri) chekilgan mashaqqatga yarasha bo'lg'aydir Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho:' «Yo Rasululloh, odamlar bir yo'la haj va umra qildilar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- dedilar. Janob Rasululloh: «Poklanguningcha sabr aylag'il, keyin Tan'imga borib, ehrom bog'lag'il, biz seni falon yerda kutib turg'aydirmiz, biroq qilgan umrangning savobi chekkan mashaqqatingga yarasha bo'lg'aydir»,- dedilar». 9-bob. Umra tavofini ado etgan kishi Tavofi vido' qilmasa ham bo'ladirmi? Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Haj oylaridan birida hajga tahlil aytib yo'lga tushdik, ittifoqo haj man' qilinib, Sarif degan yerda qo'ndik. Janob Rasululloh Sahobalarga: «Kimki jonliq olib kelmagan ersa, haj o'rniga umra qilsin, jonliq olib kelganlar ersa, bundoq qilmasinlar!» - dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va bir qancha badavlat sahobalar jonliq keltirishgan bo'lib, ular umra qilmadilar. Men yig'lab o'tirgan erdim. Huzurimga Janob Rasululloh kirib: «Nega yig'layotirsen?» - deb so'radilar. «Men sahobalaringizga aytgan so'zlaringizni eshitdim, demak, men umra qilolmas erkanman-da?!» - dedim. Ul kishi: «Nega bundoq dersan?»-deb so'radilar. Men: «Benamoz bo'lib qoldim»,-dedim. Ul kishi: «Hechqisi yo'qdir, sen ham Odam Ato qizlaridandirsan, ularning peshonalariga neki yozilg'an ersa, sening manglayingga ham shul yozilgandir, hajni davom ettiraverg'il, shoyad, Olloh taolo senga umra qilmakni nasib etsa!» -dedilar. Men hajni davom ettiraverdim. Minodan chiqib, Muhassabga kelib tushdik. Shunda, Janob Rasululloh ukam Abdurrahmonni chaqirib: «Opang birlan Tan'imga borg'il, umraga ehrom bog'lab, tavof aylab kelsin, men sizlarni shul yerda kutib turg'aydirman»,- dedilar. Biz kechasi umra qilib kelganimizdan keyin, «Umra qilib keldingizlarmi?»-dedilar. Men: «На»,-dedim. Shundan so'ng, sahobalarga yo'lga Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy chiqmakni buyurdilar. Odamlar qo'zg'olishdi, bomdoddan ilgari Ka'bani tavof aylaganlar ham yo'lga tushdilar. Janob Rasululloh Madinaga qarab yo'l oldilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling