Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ramazon oyida qilinadirgan umraning fazilati to'g'risida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet405/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

4-bob. Ramazon oyida qilinadirgan umraning fazilati to'g'risida
Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuning Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam bir ansoriya ayolga (Ibn Abbos uning ismini aytgan erdi, lekin 
men yodimdan chiqaribman): «Biz birlan birga haj qilmog'ingga ne mone'lik ayladi?» - 
deb aytdilar, deganini eshitdim. Shunda ayol: «Bizning sog'in tuyamiz bor erdi, uni erim 
birlan o'g'lim va o'gay o'g'lim minib ketdilar, bizga ersa, sutini ichib turmog'imiz uchun 
boshqa bir sog'in tuyani qoldirib ketishdi»,- debdi. Janob Rasululloh: «Ramazon oyida 
umra qilg'il, chunkim Ramazon oyidagi umra haj aylagan birlan barobar savobga 
egadir!» - debdirlar».
5-bob. Hasba kechasi va boshqa vaqtlarda qilinadirgan umralar haqida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 
birga Zulhijja oyi arafasida yo'lga chiqdik. Ul kishi bizga: «Haj qilmoqchi bo'lganlar ham, 
umra qilmoqchi bo'lganlar ham ehrom bog'lasinlar, agar men jonliq keltirmaganimda 
erdi, umraga ehrom bog'lagan bo'lar erdim»,- dedilar. Shundan so'ng, ba'zilarimiz 
hajga, ba'zilarimiz umraga ehrom bog'ladik, men umraga ehrom bog'laganlar orasida 
erdim. Shunda men hayz ko'rib qoldim. Bui haqda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga 
ma'lum qildim. Janob Rasululloh: «Umrani qo'ya turg'il, sochingni yozib, g'usl aylab 
olg'il-da, hajga talbiya aytg'il!» - dedilar. Keyin, Hasba kechasi meni ukam Abdurrahmon 
birlan birga Tan'imga yubordilar, men qazo bo'lgan umrani ado etib, qaytdim».
6-bob. Tan'im umrasi haqida
Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu xabar berishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi 
va sallam ul kishiga Oishani tuyaga mindirib, Tan'im umrasiga olib bormoqni amr 
qilganlar. Sufyon ibn Uyayna bu hadisni Amrdan bir marotabagina eshitganlarini 
aytdilar.
Ato rivoyat qiladirlar: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu 
alayhi va sallam ashoblari birlan hajga niyat aylab, ehrom kiydilar. O'shanda Nabiy 
sallallohu alayhi va sallam va Talhadan bo'lak hech kimda jonliq yo'q erdi. Ali raziyallohu 
anhu ersa, Yamandan jonliq olib kelgan erdilar. Ul kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam nimaga niyat aylab, ehrom bog'lagan bo'lsalar, men ham o'shanga ehrom 
bog'ladim»,- dedilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonlig'i yo'q ashoblariga 
umraga niyat aylab, Ka'bani tavof etmakni, so'ng sochlarini qisqartirib, ehromdan


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
chiqmoqni amr qildilar.
Ittifoqo, Oisha hayz ko'rib qolib, Ka'bani tavof qilmakdan bo'lak barcha haj udumlarini 
ado etdilar. Ul kishi poklanganlaridan keyingina Ka'bani tavof aylab: «Yo Rasululloh, 
sizlar haj va umra qilib qaytmakdasizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- dedilar. 
Shunda Janob Rasululloh Abdurrahmon ibn Abu Bakrga Oisha birlan birga Tan'imga 
bormakni buyurdilar. Oisha onamiz Zulhijja oyida hajdan keyin umra qildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling