Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Jamralarda tosh otib bo'lgach, xushbo'y narsalardan foydalanmoq va
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 143-bob. Tavofi vido (vidolashuv tavofi) haqida
- 144-bob. Ayol Tavofi ifoza qilgandan keyin hayz qorib qolsa...
142-bob. Jamralarda tosh otib bo'lgach, xushbo'y narsalardan foydalanmoq va
tavofi ifozadan keyin soch oldirmoq haqida O'z zamonasining nufuzli kishilaridan bo'lgan Abdurrahmon ibn Qosimning otalari: «Oisha onamizning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, ehrom bog'lashlaridan oldin ham, ehromlarini yechganlaridan keyin ham, mana shu qo'llarim birlan xushbo'y narsalar surtib qo'yar erdim, deb aytganlarini eshitganman»,-deydilar. 143-bob. Tavofi vido' (vidolashuv tavofi) haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Odamlarga eng oxiri Ka'bani tavof aylamoq amr ztildi. Lekin, hayz ko'rgan ayollar bundan istisno qilindi»,- dedilar. Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda tosh otib qaytganlaridan so'ng, peshin, asr, shorn va xufton o'qidilar, keyin Muhassabda uxladilar, so'ngra tuyaga minib Ka'bani tavof qildilar»,- deydilar. 144-bob. Ayol Tavofi ifoza qilgandan keyin hayz qo'rib qolsa... Oisha raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Safiyya hayz ko'rib qoldi, buni Janob Rasulullohga ma'lum qilgan erdim, ul kishi: «Bizni yo'ldan qoldirg'aydirmi, derman»,- dedilar. Shunda odamlar: «Safiyya Tavofi ifoza qilib ulgurgan erdi»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Undoq bo'lsa, hechqisi yo'qdir»,- dedilar». Ikrima rivoyat qiladirlar: «Madina ahli (Makkada) Ibn Abbos raziyallohu anhudan: «Agar ayol Tavofi ifoza qilib bo'lgandan keyin hayz ko'rib qolsa, ne bo'lg'aydir?» - deb so'rashdi. Ibn Abbos: «U holda ayol Tavofi vido' (vidolashuv tavofi) qilmasdan qaytib ketaverg'aydir»,- dedilar. Madina ahli: «Biz Zayd ibn Sobitning so'ziga ishong'aymiz, sizning so'zingizga ishonmasmiz»,- deyishdi. Shunda Ibn Abbos: «Undoq bo'lsa, Madinaga borib so'rangiz»,- dedilar. Madinaliklar (Makkadan) Madinaga qarab yo'l olishdi, Madinaga kelishgach, mazkur masala xususida so'rashgan erdi, Ummu Sulaym Safiyya voqeasini hikoya qilib berdilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Tavofi ifoza qilgan ayolga/agar uhayz ko'rib qolsa, Tavofi vido' qilmasdan qaytib ketmakka ijozat berildi»,- deydilar. Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Umarning «Hayz ko'rgan ayol Tavofi vido'qilmasdan ketmag'aydir» - deganlarini eshitgandim, keyinchalik o'sha kishining o'zlarining «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayz ko'rgan ayolni Tavofi vido' qilmakdan ozod qilganlar» - deb yurganlarini ko'rdim». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Haj qilmoq niyatida Nabiy sallallohu alayhi va Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy sallam birlan birga yo'lga chiqdik. Janob Rasululloh Makkaga kelgach, Ka'bani tavof aylab, Safo va Marvada sa'y qildilar, lekin ehromlarini yechmadilar, chunki o'zlari birlan qurbonlikka atab jonliq yetaklab kelgan erdilar. O'sha kuni Rasulullohning ahli ayollari hamda sahobalari ham tavof va sa'y qildilar. Ulardan qurbonlikka atab jonliq olib kelmaganlari ehromlarini yechishdi. Men ersam, hayz ko'rib qoldim. Haj udumlarini ado qilganimizdan so'ng Hasba (Minodagi bir kecha tunab qolinadirgan toshloq joy) kechasi: «Yo Rasululloh, barcha sahobalaringiz haj va umra qilib qaytishmoqda; yolg'iz men (umra qilolmay) qoldim»,- dedim. Janob Rasululloh: «Makkaga kelganimizda tavof qilmagan erdingmi?»-deb so'radilar. Men: «Yo'q»,- dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo'lsa, ukang birlan Tan'imga borib, umra qilib qaytg'il, biz sen birlan falon joyda uchrashg'aydirmiz»,- dedilar. Men ukam Abdurrahmon bilan Tan'imga borib, umraga ehrom bog'ladim. Biz yo'lga chiqadirgan kecha Safiyya hayz ko'rib qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sen bizni yo'ldan qoldiradirgan bo'lding, Nahr kuni tavof qilmaganmi erding?» - dedilar. Safiyya: «Ha, tavof qilgan erdim»,-dedi. Janob Rasululloh: «Undoq bo'lsa, yuraverg'il, hechqisi yo'qdir»,- dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling