Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Siqoya yoki boshqa uzrli ishlar bilan mashg'ul kishilar Mino


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet399/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

133-bob. Siqoya yoki boshqa uzrli ishlar bilan mashg'ul kishilar Mino 
kechalarida Makkada qo'nib qoladirmi?
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abbos raziyallohu anhu Nabiy sallallohu 
alayhi va sallamdan siqoya (hojilarga suv ichirmoq) uchun Mino kechalarida Makkada 
qo'nib qolmoqqa ruxsat so'radilar, ul kishi ijozat berdilar».
134-bob. Tosh otmoq haqida
Jobir: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni choshgohda va Quyosh botgandan 
keyin tosh otdilar»,- deydilar.
Vabara rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Qachon tosh otayin?» -deb 
so'radim. «Haj amiri tosh otganda, sen ham otavergil!» - dedilar. Men savolimni yana 
takrorladim. Ul kishi: «Biz kech kirmog'ini kutib turar erdik, Quyosh botgach, tosh otar 
erdik»,- dedilar».
135-bob. Vodiyda turib, tosh otmoq qaqida
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas'ud vodiyda turib, tosh 
otdilar. Men u kishiga: «Ey Abu Abdurrahmon (laqablari), odamlar toshni vodiy o'rtasida 
turib ermas, yuqoriga chiqib otishg'aydir-ku?!»- dedim. U kishi: «Yakkayu-yagona Olloh


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
nomiga qasam ichib ayturmenkim, bu yer Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 
«Baqara» surasi nozil bo'lgan joydir!» -dedilar».
136-bob. Yettita tosh otmoq haqida
Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men1
Jamrai Kubroda 
bo'lganimda Ka'bani chap tomonimda, Minoni ersa, o'ng tomonimda qoldirib, yettita tosh 
otdim, «Baqara» surasi nozil qilingan zot - sallalloxu alayhi va sallam ham shu tariqa 
tosh otganlar».
137-bob. Ka'bani chap tomonida qoldirib, Aqaba jamrasini otish to'g'risida
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Mas'ud raziyallohu anhu birlan 
birgalikda haj qilganimda, u kishining Jamrai Kubroni yettita tosh otmoq birla ado 
etganlarining guvohi bo'ldim. O'shanda u kishi Ka'bani chap tomonda va Minoni o'ng 
tomonda qoldirib, tosh otgan erdilar. Ana shul joyda Janob Rasulullohga «Baqara» surasi 
nozil bo'lgan erdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling