Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Hajdan oldin umra qilgan kishi xususida
- 3-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marta umra qilganlar
UMRA HAQIDAGI BOBLAR
1-bob. Umraning vojibligi va fazilati Ibn Umar: «Har bir musulmonga haj va umra vojibdir!- deydilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ollohning Kitobida «Umra hajning egizagidir, Olloh yulida umra va haj qilingiz!» deyilgan»,- deydilar (ya'ni, Olloh taolo haj va umrani bo'lmay, birgalikda ado etmakka amr bergan. Abu Hurayra raziyalloxu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Umra - ikki umra oralig'ida qilingan gunohlarga kafforatdir va pok niyatda qilingan haj ajri - faqat jannatdir!»-deb aytganlar». 2-bob. Hajdan oldin umra qilgan kishi xususida Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ikrima ibn Xolid Ibn Umar raziyallohu anhudan hajdan oldin umra qilmoq to'g'risida so'radilar. U kishi: «Bo'laverg'aydir, chunki Nabiy sallallohu alayhi va sallam hajdan oldin umra qilganlar»,-dedilar». 3-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marta umra qilganlar? Mujohid rivoyat qiladirlar: «Men va Urva ibn Zubayr Madinadagi Masjid un-Nabiyga kirdik, qarasak, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Oisha onamizning hujralari yonida o'tirgan ekanlar. Odamlar ersa, masjidda choshgoh namozini o'qishmoqda erdi. Urva Abdullohdan ushbu namoz haqida so'raganda, ul kishi: «Bid'at!» - dedilar. Keyin, Urva: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam necha marta umra qildilar?» - deb so'radi. Ul kishi: «To'rt marta, biri Rajab oyida»,-dedilar. Keyin, biz ul kishidan boshqa biror narsa haqida so'ramoqqa jur'at etmadik». Mujohid rivoyat qiladirlar: «Urva, Oisha onamiz hujralarida tishlarini misvoklab turganlarida: «Ey onamiz, Abu Abdurrahmonning nelar deganin eshitdingizmi?» - dedi. Oisha onamiz: «Ne debdir?» - dedilar. Urva: «Abu Abdurrahmon Janob Rasulullohning to'rt marta umra qilganlarini, biri Rajab oyida ekanlig'ini aytdi»,- dedi. Oisha onamiz: «Abu Abdurrahmonga Olloh rahm aylasin! Ul, Janob Rasulullohning umra qilganlarini haqiqatan ham ko'rgan, lekin Janob Rasululloh Rajab oyida umra qilmaganlar»,- deb aytdilar». Urva ibn Zubayr: «Oisha raziyallohu anhodan so'rasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Rajab oyida umra qilmaganlar» - deb aytdilar»,- deydilar. Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Anas ibn Molikdan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marta umra qilganlar?» - deb so'radmm. Ul kishi: «Birinchi umralari Hudaybiya umrasi bo'lib, mushriklar qarshilik ko'rsatganlig'i oqibatida chala qolgan (qazo bo'lgan), kelasi yili o'shal qazr bo'lgan umrani ham ado etmak maqsadida bir yo'la ikki marotaba umra qilganlar, keyingilari - Zulqa'da oyida qilgan umralari Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy (Ji'rona umrasi) va haj birlan qo'shib qilgan umralaridir»,-dedilar». Humom rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zulqa'da oyida hajga qo'shib qilgan umralaridan tashqari to'rt marotaba umra qilganlar, birinchisi - Hudaybiyadagi umralari, ikkinchisi kelasi yilgi umralari, uchinchisi Hunayn o'ljalarini bo'lib berganlaridagi umralari va to'rtinchisi - hajga qo'shib qilgan umralaridir»,- deb aytdilar». Abu Ishoq rivoyat qiladirlar: «Masruq, Ato va Mujohiddan so'rasam, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zulqa'da oyida haj etmasdan burun umra qildilar»,- deb aytishdi. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling