Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qo'yning bo'yniga belgi osmoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

110-bob. Qo'yning bo'yniga belgi osmoq haqida
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qurbonlik uchun hajga bir 
marta qo'y yubordilar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga belgi osadirgan ip yigirib 
berardim, ul kishi qo'yni bo'yniga belgi osib, Makkaga yuborar erdilar, o'zlari ersa, 
ehrom bog'lamay uyda qolar erdilar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga belgi osadigan ip yigirib 
berardim, u birlan qo'yning bo'yniga belgi osib, Makkaga yuborardilar, o'zlari ersa, 
ehrom bog'lamay (uyda) qolar erdilar»,- deydilar.
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jonliq lari bo'yniga belgi 
osadigan ip yigirib berardim»,- deydilar. Ya'ni, ehrom bog'lamakdan avval jonliq 
bo'yniga osadigan ipni nazarda tutayotirlar.
111-bob. Belgi osadirgan iplar jundan yigiriladir
Umm ul-mo''minin (Oisha onamiz): «Jonliq bo'yniga belgi osadirgan iplarni uyimizdagi 
junlardan yigirar erdim» ,— deydilar.
112-bob. Jonliq bo'yniga kavsh osmoq haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiyulloh sallallohu alayhi va sallam 
qurbonlikka atalgan tuyani haydab borayotgan bir kishini ko'rib: «Uni minib olg'il!»- 
dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku!» - dedi. «Uni minib olg'il!»-dedilar takroran. Keyin, 
boyagi kishining Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan tuyaga mingashib ketayotganini
tuya bo'ynida ersa, kavsh osilib turganini ko'rdim»..
Bu hadisga Muhammad ibn Bashshor ham mutoba'at qilganlar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
113-bob. Tuya to'qimihaqida
Ibn Umar raziyallohu anhu tuya to'qimiga tegmay, o'rkachinigina kesar erdilar. Agar 
tuyani so'yadirgan bo'lsalar, to'qimini, qon tegib ifloslanib qolishidan cho'chib, yechib 
olar erdilar, keyin uni sadaqa qilar erdilar.
AN raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga so'ygan tuyamning 
to'qimi va terisini sadaqa qilmoqni buyurdilar»,- deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling