Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qurbonlik kuni ertalab, tosh otadirgan paytda, talbiya va takbir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

101-bob. Qurbonlik kuni ertalab, tosh otadirgan paytda, talbiya va takbir 
aytmoq hamda (tuyaga) mingashib yurmoq haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlni tuyalariga 
mingashtirib olib, tosh otadirgan paytgacha talbiya aytdilar, buni menga Fazlning o'zi 
aytgandi»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu 
Arafotdan Muzdalifagacha Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga mingashib 
bordi, Muzdalifadan Minogacha ersa, Fazl mingashib keldi. Ularning ikkovlari ham: 
«Nabiy sallallohu alayhi va sallam Aqabada tosh otgunlariga qadar uzluksiz talbiya 
aytdilar»,- deyishadir».
102-bob.
Olloh taolo bunday deydyr: «Kimki (bir yilning o'zida) umra va haj qilib, savob 
topmoqchi bo'lg'aydir-u, jonlig'ini (xastalik yokim boshqa boisga ko'ra) qurbonliq 
aylamakka muyassar bo'lolmay qolg'aydir, (boshqa biror kishi orqali berib yuborsin) va 
kimki (qurbonlik uchun jonliq) topolmag'aydir, uch kun haj vaqtida va yetti kun (uyiga) 
qaytganda ro'za tutsin, hammasi bo'lib to'liq o'n kun (tutsin)! Bular, ahli Makkai 
Mukarramada bo'lmaganlar uchundir!»
Abu Jamra rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Abbos raziyallohu anhudan mut'aga ijozat 
so'raganimda, menga mut'a qilmakka ruxsat berdilar. Keyin, qurbonlik to'g'risida 
so'raganimda, ul kishi: «Mut'a qiladirgan odam bir tuya yokim bir sigir yokim bir qo'y 
qurbonlik qilmog'i lozimdir, yoinki birov birlan sherikchilikka qurbonlik aylamog'i 
kerak»,- dedilar. Odamlar bunday mut'a qilmoqni makruh, deb hisoblashar erdi. Keyin, 
tushimda birov nido qilib: «Hajing xayrli va mut'ang maqbul bo'lg'ay!»-dedi. Buni Ibn 
Abbos raziyallohu anhuga gapirib berganimda, ul kishi: «Ollohu akbar! Bu - Abulqosim 
(Rasululloh) sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari»,- dedilar.
Shu'ba: «Umrang maqbul va hajing xayrli bo'lg'ay!» deyilgan bo'lsa kerak»,-deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling