4-bob. Hayz ko'rgan xotinning quchog'ida turib qiroat qilmoq
Abu Voil o'z cho'risini, hayz ko'rgan bo'lsa ham, Abu Raziynga xizmat qilmoq uchun
yuborar edi. Cho'ri Qur'oni Karimni g'ilofining ipidan ushlab, olib borib berar edi.
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, men hayz ko'rgan
bo'lsam ham, quchog'imga suyanib o'tirgan holda qiroat qilar edilar»,— deganlar.
5-bob. «Hayz ko'rmoq» iborasi o'rniga «oy ko'rmoq» iborasini qo'llash
Ummu Salama: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz yonboshlab
yotgan edik, birdan hayz ko'rib qoldim. Sekingina bag'rilaridan sug'urilib chiqdim-da,
hayz kiyimlarimni oldim. «Oy ko'rdingmi?» — dedilar. «На»,— dedim. Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam meni yonlariga chaqirdilar. Men hayz kiyimida u kishining
yonlarida yotdim».
6-bob. Hayz ko'rgan xotinni eri quchoqlasa bo'ladimi?
Oisha raziyallohu anho dedilar: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz
yuvuqsiz bo'lganimizda bir idishdan g'usl qilar edik. Hayz ko'rganimda esa, menga hayz
kiyimimni kiyib olmoqni buyurar edilar, kiyinib olardim, keyin quchoqlardilar. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam masjidda e'tikofda bo'lganlarida boshlarini darchadan chiqarar
edilar, men hayz holimda boshlarini yuvib qo'yar edim».
Oisha raziyallohu anho: «Birontamiz hayz ko'rgan bo'lsagu, Rasululloh sollallohu alayhi
va sallam quchoqlamoqchi bo'lsalar, hayz kiyimni kiyishni buyurar edilar, keyin
quchoqlar edilar. Qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdek shahvatingizni
tiyib tura olasiz!»—dedilar.
Abdulloh ibn Shaddod bunday deb rivoyat qiladilar: «Maymuna onamizdan eshitdimki,
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlaridan birortasini hayz holida
quchoqlamoqchi bo'lsalar, hayz kiyimini kiyib olmoqni buyurar edilar».
7-bob. Hayz ko'rgan xotin ro'za tutmasligi lozim
Abu Sa'id al-Xudriy bunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam,
Qurbon hayiti yoki Ramazon hayiti edi, namozgohga chiqdilar. Xotinlarning yonidan
o'tayotib: «Ey xotinlar jamoasi, sadaqa qilingiz! Do'zax ahlining ko'prog'i ayollardir, deb
menga ayon qilindi»,— dedilar. Shunda xotinlar: «Ne sababdan, yo Rasulalloh?» —
dedilar. «Ko'p qarg'aysizlar va erning yaxshiligini bilmaysizlar. Erning yaxshiligini
kamsitasizlar, qadrlamaysizlar (noshukrlik qilasizlar), sizlardan ko'ra kaltafahm va
e'tiqodi sustroq, har qanday iymonli kishini ham yo'ldan ozdiruvchiroq toifani
ko'rmadim»,— dedilar. Xotinlar: «E'tiqod va aqlimizning qanday nuqsoni bor ekan, yo
Rasulalloh?» —deyishdi. «Bir xotin kishining guvohligi yarimta erkakning guvohligiga
teng emasmi?»—dedilar Janob Rasululloh. «Ha, shunday»,— deyishdi xotinlar. «Axir
mana shu aqlingizning nuqsoni emasmi? Hayz ko'rganingizda namoz o'qimasligingiz,
ro'za tutmasligingiz ham sizning (erkaklarga nisbatan) nuqsoningiz emasmi?» — dedilar.
«Ha, to'g'ri aytdingiz»,— deyishdi ayollar. «Mana shular ayollar dinining nuqsonli ekanini
anglatadi»,— dedilar Rasululloh».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Do'stlaringiz bilan baham: |