Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Sonning avrat ekanligi haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
12-bob. Sonning avrat ekanligi haqida
Jarhad raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Son avratdir, deganlar»,— deydilar. Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (izorlarini tizzadan yuqori tortib o'tirganlarida) sonlari ochilib qoldi»,— deydilar. Anas aytgan hidis to'g'riroq, ammo Jarhad bo'lsa, ulamolar o'rtasida ixtilof chiqmasliga uchun ushbu hadisni ehtiyotkorlik birlan aytgan. Abu Muso: «Usmon, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirganida u kishi tizzalarini yopdilar»,— deydilar. Abu Zarr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, u kishining sonlari mening sonimni bosib turganda (ko'pchilikning ichida tiqilishib o'tirganda), oyat nazil bo'ldi. Shunda u kishining sonlari shu qadar og'irlashdiki, hatto oyogim sinib ketadi deb qo'rqdim»,— deganlar». Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam hijrat qildilar. Haybar tashqarisida g'ira-shirada bomdod namozini o'qidik. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulovlarini mindilar, Abu Talha ham mindi, men ersam unga mingashdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haybar ko'chalarida ulovda ketib borayotganlarida tizzam u kishining sonlariga tegib turar erdi (ko'cha tor zrdi). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ulovni niqtamoq uchun) izorlarini yuqori tortdilar. Men hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sonlarining oqligini ko'rdim. Haybarga kirgan vaqtlarida: «Ollohu akbar, Haybar xarob bo'ldi. Biz biror qavm yashayotgan joyga kelib tushsak, bu haqda xabar yetkazg'uvchilarning holiga voy!» deb uch bor aytdilar. Anas: «Qavm o'z ishiga chiqdi»,— dedi. Buni Muhammad alayhissalomga aytishdi». Abdulaziz roviy: «Bizga ushbu hadisni aytib bergan ba'zi kishilar: «O'shanda askar bilan borgan erdilar, deyishgandi»,— deydilar. Anas aytdilar: «Haybarni kuch bilan qo'lga kiritdik, anchagina asir ham oldik. Shunda Dihya kelib: «Yo Rasululloh, ayol asirlardan birini menga cho'rilikka bering!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Borg'il, bittasini olg'il!»—dedilar. U Safiyya binti Huyayni oldi. Bir kishi Rasulullohga: «Yo Rasululloh, Dihyaga Baniy Nazir va Baniy Qurayza qabilalarining sayyidasi Safiyya binti Huyayni berdingiz, Safiyya faqat sizga munosibdir!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dihyani chaqiringiz!» — dedilar. Dihya Safiyya birlan birga keldi. Janob Rasululloh Safiyyaga qaragach, Dihyaga: «Asirlardan boshqa birini olg'il!» — dedilar. Keyin, Safiyyani ozod qilib, unga uylandilar. Sobit: «Men bunga ishonmayman»,— dedi Anasga. Anas dedilar: «O'zlari uni ozod qildilar, hatto yo'lda bo'lsalar ham, unga uylandilar. Ummu Sulaym uni Rasulullohga tunlardan birida hadya qildilar. Shunday qilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kuyov bo'ldilar. Rasululloh: «Har kim topganini olib kelsin!» — dedilar, keyin yerga charm palos yozdilar. Odamlarning biri xurmo, biri yog' ko'tarib kela boshladi, Rasululloh: «Hisobga olib qo'yg'aymen».— dedilar. As-Suvayq: «To'yguningizcha yebichinglar!» — degandilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o'shanda to'ylari bo'lgandi»,— deb eslaydilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling