13-bob. Ayol necha kiyimda namoz o'qimog'i lozim
Ikrima: «Ayol kalta kiyimda namoz o'qimog'i mumkin (agar boshqasi bo'lmasa)»,—
deydilar.
Oisha onamiz aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini
o'qirdilar. U kishiga iqtido qilib mu'mina ayollar ham ro'mollariga (paranjilariga) o'ralgan
holda namoz o'qishar erdi. Keyin uylariga qaytib ketishar erdi, hech kim ularni tanimas
erdi».
14-bob. Agar guldor ko'ylak kiygan bo'lsa-yu, ko'ylagining gullariga ko'zi
tushib, xayoli qochadigan bo'lsa, o'sha kiyimda namoz o'qisa joizmi?
Oisha raziyallohu anho aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam gulli qamisa kiyib
namoz o'qirdilar. Nogahon qamisaning guliga bir nazar tashladilar, namozni o'qib
bo'lgach, o'girilib: «Bu qamisamni Abu Jahmga olib borib beringiz, o'rniga uning
anbijoniyasidan (gulsiz matosidan) olib kelingiz, chunki bu qamisa hali meni namozdan
alaxsitdi»,— dedilar».
«Oisha onamizga Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Namoz o'qiyotganimda
qamisamning guliga qarab qoldim. Meni namozdan chalg'itadi, deb qo'rqamay, degan
ekanlar»,— deydilar Hishom ibn Urva.
15-bob. Agar xoch yoki suratlar solingan kiyimda namoz o'qisa, namozi
buzilgaydirmi va bu xususda nimalar man' qilingaydir?
Anas raziyallohu anhu dedilar: «Oisha onamizning gulli jun pardalari bo'lardi. U bilan
uylarining bir tomonini to'sib qo'ygandilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Bu pardangni bizning ro'paramizdan olib tashlag'il, chunki undagi suratlar men namoz
o'qiyotganimda doim ko'rinib turg'aydir (xayolimni bo'lg'aydir)»,— dedilar».
16-bob. Rasulullohning ipak choponda namoz o'qib, keyin uni schib
tashlaganlari to'g'risida
Uqba ibn Omirdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ipak chopon hadya qilishdi.
Rasululloh uni kiyib (Olloh taolo ipak kiyimni erkaklarga harom qilishidan avval), namrz
o'qidilar. Keyin, namozdan turiboq xazar qilgandek shosha-pisha uni yechib tashladilar.
«Bu (ipak kiyim) taqvodor kishilarga yaramaydir»,— dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |