Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qizil kiyimda namoz o'qimoqning hukmi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

17-bob. Qizil kiyimda namoz o'qimoqning hukmi
Avn ibn Abu Juhayfa otalaridan eshitganlarini bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni charmdan qilingan qizil chodirda ko'rdim. Bilol u 
kishiga tahorat uchun suv quyib berayotgan erdi. Odamlar ersalar Rasulullohning 
tahoratlaridan tushayotgan suvni talashib olishar erdilar. Kimga nasib qilsa, badaniga 
surtar erdi, nasib qilmagan birodarining qo'lida qolgan namni o'ziga surtib olar erdi.
Keyin Bilolning anzani (temir uchlik hassani) olib, yerga sanchib qo'ygapini ko'rdim. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizil hulla (izor, rido-lungi va yelkaga tashlaydigan 
mato) kiyib chiqdilar, izorlarini bir oz shimarib olgandilar. Rasululloh hassalarini pana


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
qilib odamlar birlan ikki rak'at namoz o'qidilar. Odamlar va hayyunlar hassalarini chetlab 
o'tayotganini ko'rdim».
18-bob. Tom, minbar va taxta ustida namoz o'qimoq hukmi
Imom Buxoriy aytdilar: «Hasan Basriy muz va ko'priklar ustida, garchi uning tagidan 
yoki ustidan yohud oldidan najosat oqib turgan ersa-da, namoz o'qimoqning zarari 
yo'qdir, fakat namozxon birlan najosat o'rtasini biror narsa to'sib turgan ersa, bas»,— 
deydilar. Abu Hurayra masjidning tomida imom bo'lib namoz o'qidilar (Shofi'iy va 
Hanafiy mazhablarida imom va namozxonlarning namoz o'qigan joylari biri ikkinchisidan 
baland bo'lmog'i makruhdir, zarurat tug'ilgandagina mumkin). Ibn Umar qor ustida 
namoz o'qidilar.
Abu Hazm aytganlar: «Odamlar Sahl ibn Sa'ddan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning minbarlari nimadan qilingan?» — deb so'radilar. Sahl: «Odamlar orasinda 
buni mendan yaxshiroq biladirgan odam qolmadi. U «yulg'un» degan o'rmon daraxtidan 
qilingandir, uni falonchining ozod qilingan quli falonchi yasagandir. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam (usta) minbarni yasab olib kelib qo'ygach, unga chiqdilar-da, qiblaga 
qarab: «Ollohu akbar»,— dedilar, odamlar u kishiga iqtido qildilar. Janob Rasululloh 
qiroat qildilar va ruku' qildilar. Odamlar ham ketlaridan ruku' qildilar. Keyin, Rasululloh 
boshlarini (qadlarini) ko'tardilar, minbardan tisarilib tushib, yerda sajda qildilar. Keyin, 
yana minbarga qaytib chiqdilar-da, qiroat qildilar, so'ng ruku'. qildilar. Keyin, boshlarini 
(qadlarini) ko'tardilar, minbardan tisarilib tushib, yana yerda sajda qildilar. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning qilgan ishlari mana shu». Imom Buxoriyga Ali ibn 
Abdulloh: «Ahmad ibn Hanbal rahimahullohu mendan shu hadis to'g'risida, so'radi»,— 
deb aytibdir. Ahmad ibn Hanbal: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
odamlardan balandda turganlar va shu hadisga ko'ra, imom odamlardan balandda tursa, 
zarari yo'qdir, demoqchimisiz?» — debdi Ali ibn Abdulloh: «Sufyon ibn Uyaynadan shu 
hadis to'g'risida ko'p so'rashar erdi, siz hech eshitmaganmisiz?» — debdilar Ahmad ibn 
Hanbalga. Ahmad: «Yo'q,— deb javob beribdilar.
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (hijratning 5-nchi 
yili, zulhijja oyi) otdan yiqilib, o'shanda boldirlari yoki kuraklari shilinib ketgandi. Bir oy 
xotinlari oldiga kirmaslikka ahd qilgandilar. Yog'och ustunli hujralarida o'tirganlarida 
sahobalar u kishini ko'rgani keldilar. Rasululloh o'tirgan hollarida imomatga o'tdilar, 
sahobalari ersa tik turgan hollarida namoz o'qidilar. Rasululloh salom bergach: «Imomga 
iqtido qilmoq lozimdir. Shuning uchun imom «Ollohu akbar» deganda siz ham takbir 
aytingiz, ruku' qilsa, siz ham ruku' qilingiz, sajda qilsa, siz ham sajda qilingiz. Agar tik 
turib namoz o'qisa, tik turib o'qingiz!»—dedilar (Rasululloh kasal bo'lganlari uchun ham 
butun namoz davomida o'tirgan hollarida imomlik qilganlar. Sahobalar ersa tik turib 
o'qiyvermasdan o'zlari bilib iqtido qilavermoqlari kerak erdi). Janob Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam 29 kun deganda oilalari oldiga chiqdilar. Shunda ular: «Siz bir oyga ahd 
qilgan erdingiz-ku?» — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu oy 29 
kun (dan iborat)»,— dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling