Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ikki bilakni yerga tekkizmay (bilaklar yengidan chiqib ko'rinadigan


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

27-bob. Ikki bilakni yerga tekkizmay (bilaklar yengidan chiqib ko'rinadigan 
darajada) o'zidan nariroqqa sajda qilmoq
Abdulloh ibn Molik: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qisalar 
sajdada qo'lni o'zlaridan uzoqroqqa tashlar erdilar, hatto qo'ltiq larining oppoqligi ko'rinar 
erdi»,— deydilar. Lays ibn Sa'd esa: «Ja'far ibn Rabi'a ham shu hadisga o'xshash hadisni 
rivoyat qilib bergan erdi»,— debdilar.
28-bob. (Joynamozda) oyoq panjalari uchini qiblaga to'g'rilashning afzalligi
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bizning 
namozni o'qig'aydir, bizning qiblamizni qibla qilg'aydir, biz so'ygan mol-hol go'shtidan 
yegaydir, u Olloh va uning Rasuli himoyasidagi musulmondir. Ollohning himoyasiga 
ko'rnamaklik qilmangiz!» — deganlar».
Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytganlar»,— 
deydilar: «Odamlar lo iloha i 11 a 11 о h u » deydigan bo'lgunlaricha jang qilmoqqa buyurildim. 
Agar ular kalimai tayyibani aytg'aydirlar, bizning namozni o'qigaydirlar, qiblamizni qibla 
qilg'aydirlar va biz so'ygandek (mol, qo'y va boshqalar) so'yg'aydirlar, ularning qonini 
to'kmoq va molini olmoq bizga haromdir. Zero ularning molu jonlari ham, oxirat hisobi


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
ham Ollohning ixtiyoridadir».
Anas ibn Molikdan Maymun ibn Siyoh: «Ey Abu Hamza, (mo''min bandalarga) qanday 
bandaning molini talamoq va qonini to'kmoq haromdir?»—deb so'radilar. Anas: «Kimki 
lo iloha illalloxu degaydir, qiblamizni qibla qilg'aydir, namozimizni o'qig'aydiru biz 
so'ygan mol-hol go'shtini yegaydir, u musulmondir. Musulmonga ne huquq berilg'aydir, 
unga ham o'sha huquq berilg'usidir va musulmonga qanday vazifa yuklang'aydir, unga 
ham o'sha vazifa yuklang'usidir»,— dedilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling