Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qibla to'g'risida aytilgan hadislar, yanglishib qibladan boshqa tomonga


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

32-bob. Qibla to'g'risida aytilgan hadislar, yanglishib qibladan boshqa tomonga 
qarab namoz o'qigan kishi namozini qaytarib o'qimasligi haqida
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak'at namoz o'qib, qiblani
yanglishtirganlarini sezib, odamlarga o'girildilar, keyin, qolgan ikki rak'atni qiblaga qarab
o'qib, namozni tugalladilar.
Hazrat Umar dedilar: «Rabbim mening uch niyatimni ro'yobga chiqardi. «Yo Rasululloh
Maqomi Ibrohimda namoz o'qimoqni odat qilsak erdi!» — deganimda, «Maqomi 
Ibrohimda namoz o'qingiz!» degan oyat nozil bo'ldi, «Yo Rasululloh, xotinlaringizga 
yopinmakni buyursangiz erdi! Chunki ularga yaxshi odam ham, yomon odam ham 
gapirg'aydir» — deganimda, «Hijob oyati» nozil bo'ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning xotinlari bunga qarshilik qilishdi, shunda men: «Agar Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam sizlarni qo'yib yuborsalar, Olloh taolo o'rningizga sizdan ko'ra yaxshiroq 
xotinlarni ato qilmog'i mumkindir» — deganimda, aynan shu mazmunda oyat nozil 
bo'ldi». Humayd: «Yuqoridagi hadisni Anasdan men ham eshitgandirmen»,— deydilar.
Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Qubo masjidida odamlar bomdod namozini 
o'qishayotgan vaqtda, bir kishi kelib: «Shu kecha Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga Qur'on oyati nozil bo'ldi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Ka'ba tarafga 
qarab namoz o'qimoq buyurildi», — dedi. Odamlar yuzlarini Ka'baga qaratdilar. Ular 
avval yuzlarini Shorn tomonga qaratib namoz o'qiyotgan erdilar».
Abdulloh ibn Mas'ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinda 5 rak'at 
farz o'qidilar, Shunda sahobalar: «Namozning rak'ati ko'paytirildimi?» — deb so'radilar. 
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nechun bunday deb so'raydirsiz?» — 
dedilar. «Besh rak'at farz o'qidingiz», — deyishdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
oyoqlarini tashahhudda o'tirgandek qilib bukdilar-da, yana ikki marta sajda qildilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling