Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Imomning namozni mukammal o'qish va qiblani yoddan chiqarmaslik
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41-bob. Falon qavmning masjidi, deyish joizmi
- 42-bob. Masjidda mol taqsimlash va masjidga xurmo shingilini osish
40-bob. Imomning namozni mukammal o'qish va qiblani yoddan chiqarmaslik
to'g'risida odamlarga va'z aytmog'i Abu Hurayra aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiblani ko'rib turibsizlarmi? Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, sizning sajdangiz ham, ruku'ingiz ham menga maxfiy ermasdir, men sizni orqamda tursangiz ham ko'rib turg'ayman»,— dedilar». Anas raziyallohu anhu aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga namoz o'qidilar, so'ng minbarga ko'tarilib, namoz va uning ruku'lari (arkonlari) to'g'risida gapirib: «Men sizni oldimdan ko'rgandek, orqamdan ham ko'rg'ayman»,— dedilar». 41-bob. Falon qavmning masjidi, deyish joizmi? Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sovutilgan otlar (mingan chavandozlar) o'rtasida Xafyo' degan joydan Saniyyat ul-Vido' Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o'rtasida esa Saniyyat ul- Vido'dan to Baniy Zurayx, masjidigacha poyga uyushtirdilar». Poygachilar orasida Abdulloh ham bor edilar. 42-bob. Masjidda mol taqsimlash va masjidga xurmo shingilini osish Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Bahrayndan mol keltirishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidga to'kib qo'yingiz»,— dedilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ilgari keltirilgan mollardan ham ko'p erdi. So'ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqdilar, lekin molga qayrilib ham boqmadilar. Namozni tugatganlaridan keyingina molni taqsimlashga kirishdilar, ko'zlari tushgan odamga ulashdilar, hech kim qolmadi, hammasiga berdilar. Shu payt amakilari Abbos kelib qoldilar va: «Yo Rasululloh, shu moldan menga ham beringiz, chunki men (Badr urushida) o'zim va ukam Uqayl uchun fidya berdim (jon to'lovi to'ladim)»,—dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «ОI i n g !»— dedilar. Abbos ridolariga hovuchlab sold ilar, keyin ko'tarishga urindilar, ko'tara olmadilar. So'ng: «Yo Rasululloh, birontasiga aytingiz, ko'tartirib yuborsin!»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo'q!»— dedilar. «(Bo'lmasa) o'zingiz ko'targ'izib yuboringiz!»—dedilar Abbos. Rasululloh yana «Yo'q!» — dedilar. Amakilari bir oz to'kib, so'ng ko'tarishga urindilar, yana ko'tara olmadilar. So'ng: «Rasululloh, buyuringiz, birontasi ko'tartirib yuborsin!»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Yo'q!»— dedilar. Amakilari: «O'zingiz ko'tartirib yuboringiz!»— dedilar. Rasululloh bu gal ham: «Yo'q!»—dedilar. Abbos yana ozgina to'kib tashladilar, keyin yelkalariga ko'tarib chiqib ketdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abbos amakilari ko'zga ko'rinmay ketgunlaricha orqalaridan tikilib qoldilar, u kishining molga nisbatan bo'lgan xirsiga ajablandilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'sha yerda moldan biron dirham qolmaguncha o'rinlaridan turmadilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling