Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjidga borib ovqatga taklif qilgan va unga «хо'р» deb javob qilgan


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

43-bob. Masjidga borib ovqatga taklif qilgan va unga «хо'р» deb javob qilgan 
kishilar
Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
sovutilgan otlar (mingan chavandozlar) o'rtasida Hafyo' degan joydan Saniyyat ul-Vido' 
degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o'rtasida esa Saniyyat ul- 
Vido'dan to Baniy Zurayh masjidigacha poyga uyushtirdilar». Poygachilar orasida 
Abdulloh ham bor edilar.
Ishoq ibn Abdullohga Anas aytib bergan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamni masjidda bir jamoa odamlar orasidan topdim, yonlariga bordim. Shunda 
menga: «Abu Talha yubordimi seni?» — dedilar. «На»,— dedim. «Ovqatgami?»— 
dedilar. «На»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yonlaridagi kishilarga: 
«Turingiz, ketdik!» — deb o'rinlaridan qo'zg'aldilar. Men ham ular bilan birga yo'l oldim».
44-bob. Masjidda qozilikva li'on qilmoq
Sahl ibn Sa'd aytib berganlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, nima deysiz, kimki xotini birlan 
yot zrkakning yotganini ko'rsa, o'ldiradimi?»— deb so'radi. O'sha kishi birlan xotini 
masjidda bizga li'on qildi (ya'ni, har biri o'z davosini aytib, «Agar yolg'on so'zlasam, 
menga Ollohning la'nati bo'lsin!» — deyishdi), men buning shohidiman».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
45-bob. Agar kishi taklifga binoan birovning uyiga kirsa, pok yoki iflosligini 
tekshirmay namozini o'zi xohlagan joyda o'qiyveradimi yoki xonadon sohibi 
ko'rsatgan joyda o'qiydimi?
Utbon ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening 
hovlimga keldilar va: «Uyingning qaerida namoz o'qimog'imni istaydursen?» — dedilar. 
Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir joyni ko'rsatdim. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam takbir aytib, namoz o'qiy boshladilar. Biz orqalarida saf turib iqtido 
qildik. Ikki rak'at namoz o'qidilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling