Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Chap tomoniga yoki chap oyog'ining ostiga tupursin!


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

36-bob. Chap tomoniga yoki chap oyog'ining ostiga tupursin!
Qatodadan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo''min kishi namoz 
o'qiyotganida rabbi bilan so'zlashg'aydir, (shu boisdan) old va o'ng tomoniga zinhor 
tupurmasin, chap tomoniga yokim chap oyog'ining ostig'a tupursin!» — deganlar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Abu Sa'id al-Xudriydan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning qibla 
tarafi devoridagi manqani ko'rib, uni tosh birlan ko'chirib tashladilar. Keyin, odamlarni 
old va o'ng tomonga tupurmaslikka da'vat qildilar. Lekin chap tomonga va chap oyoq 
ostiga tupurishdan qaytarmadilar. Az-Zuhriy Abu Sa'id aytib bergan ushbu hadisga 
o'xshash hadisni Hamiddan eshitgan erkan».
37-bob. Masjidda tupurgan kishi aybini qanday yuvg'aydir?
Qatodadan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidda tupurmoqlik 
gunohdir, bu gunoh tupukni ko'mmoq ila yuvilg'usidir»,—deb aytdilar».
38-bob. Masjiddagi tupukni ko'mish
Hamomdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz namozda tursangiz, 
old tomonga tupurmangiz, chunkim siz Olloh birlan so'zlashayotgan bo'lursiz. Modomiki, 
namozda turgan erkansiz, o'ng tomonga ham tupurmangiz, chunkim o'ng tomoningizda 
farishta bordir. Chap tomoningizga yokim chap oyog'ingiz ostiga tupuringiz, so'ng uni 
ko'mib qo'yingiz!»—deganlar».
39-bob. Agar tupugini qaytarolmasa, kiyimining bir chekkasiga (yokim 
ro'molchasiga) tupursin!
Anas dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qibla tomon devordagi manqani 
ko'rib, uni o'z qo'llari birlan artib tashladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
bundan xafa bo'lganlari sezildi, bu u kishiga juda og'ir botganidan: «Qaysi biryngiz 
namoz o'qig'aydirsiz, rabbingiz birlan so'zlashayotgan bo'lursiz yokim rabbingiz 
oldingizda va qibla tomonda bo'lg'aydir. Shu boisdan zinhor qibla tarafga tupurmangiz, 
ammo chap tarafingizga yokim chap oyog'ingiz ostiga tupursangiz bo'lur»,— dedilar. 
Keyin, ridolarining bir tarafini olib, unga tupirdilar-da, buklab qo'ydilar (iloji bo'lmaganda 
shunday qilingiz, degan ma'noda)».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling