Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Madina, Shorn va Mashriq ahlining qiblasi; qibla na mashriqda va na
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-bob. Olloh taolo: «Maqomi Ibroximda namoz oqingiz!»—deydir
- 31-bob. Qayerda bolsa ham qiblaga qarab namoz oqimoq kerak
29-bob. Madina, Shorn va Mashriq ahlining qiblasi; qibla na mashriqda va na
mag'ribda Abu Ayyub raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qazoi hojatga borsangiz, qiblaga yuzlanib yoki qiblaga orqa qilib o'tirmangiz, balki mashriqqa qarab o'tiringiz yokim mag'ribga qarab o'tiringiz! deb aytganlar»,— deydilar. Abu Ayyub yana bunday deydilar: «Shomga keldik, tahoratxona qiblaga qaratib qurilgan erkan. Sal burilib o'tirdik-da, Ollohga istig'for aytdik». 30-bob. Olloh taolo: «Maqomi Ibroximda namoz o'qingiz!»—deydir Amr ibn Dinor aytganlar: «Ibn Umardan kishi Baytullohni tavof qilsa-yu, Safo va Marva oralig'ida yugurmasa, xotinini jimo' qilmog'i joizmi?» — deb so'radik. Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib yetti marta Ka'bani tavof qildilar. Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak'at namoz o'qidilar, Safo va Maryu oralig'ida yugurdilar. Bu borada siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan yaxshi ibrat olmog'ingiz kerak erdi»,— dedilar. Jobir ibn Abdullohdan (shu haqda) so'rasak: «Safo va Marva o'rtasini tavof qilmaguncha, xotinga yaqinlashilmaydir»,— dedilar». Sayf raziyallohu anhu quyidagi hadisni Mujohiddan eshitdim dedilar: «Ibn Umar huzurlariga kelib, «Ana, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'baga kirib ketdilar»,— deyishdi. Men borsam, Janob Rasululloh Ka'badan chiqqan erkanlar, Bilol ersa Ka'ba eshiklari oralig'ida turgan erkan. Biloldan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka'ba ichida namoz o'qidilarmi?» — deb so'radim. Bilol: «Ha, kiraverishdagi ikki ustunning o'ng tomonida ikki rak'at namoz o'qidilar, so'ng turib Ka'baga qarab yana ikki rak'at namoz o'qidilar»,— dedi». 31-bob. Qayerda bo'lsa ham qiblaga qarab namoz o'qimoq kerak Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam: «Qaerda bo'lsang ham, qiblaga qarab takbir aytg'il! — deganlar»,— deydilar. Al-Barro ibn Ozib aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bayt ul-Muqaddasga qarab 16 yoki 17 oy namoz o'qigan erdilar. Aslida Rasulullah sallallohu alayhi va sallam Ka'baga qarab namoz o'qimoqni yaxshi ko'rar erdilar. Olloh taolo Rasulullohga «Yuzingni bir Ka'baga, bir osmonga qaratayotganingni ko'rib turibmiz» degan oyatini nozil qildi va: «Odamlarning eng aqlsizi yaxudiylardir. Ularni ilgarigi qiblani o'zgartirmoqqa ne majbur qilmishdir? Sen: «Mag'ribu Mashriq ham Ollohnikidir, u o'zi xohlagan bandasiga to'g'ri yo'l ko'rsatg'usidir, deb aytgil!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga bir kishi namoz o'qidi, keyin u asr namozini Bayt ul-Muqaddasga qarab o'qiyotgan bir Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy ansoriy qavm oldiga borib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ka'baga qarab namoz o'qiganini aytdi. Shunda qavmning barchasi Ka'baga o'girildi». Jobir raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya minib ketayotganlarida, u qayoqqa qarab ketayotgan bo'lsa, o'sha tomonga qarab namoz o'qiyverardilar. Lekin namoz farzini o'qimoqchi bo'lsalar, tuyadan tushib, qiblaga qarab o'q ird ilar». Abdulloh ibn Mas'ud: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin yoki asr namozini o'qidilar»,— dedi. «O'shanda ko'paytirib o'qidilarmi yo kamaytirib o'qidilarmi, aniq aytolmayman»,— dedi Ibrohim. Rasululloh (ikki yelkalariga) salom berganlaridan keyin: «Yo Rasululloh, namozga biror yangilik kiritildimi?» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nega bunday deysizlar?»—dedilar. «Siz bunday o'qidingiz», deb ko'rsatishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam cho'kkalab o'tirdilar-da, qiblaga qarab ikki bor sajda qilib, so'ng salom berdilar. Keyin, bizlarga o'girilib: «Namozda biror yangilik bo'lg'aydir, albatta men sizlarga xabar qilg'aydirman, lekin (albatta) men ham siz kabi odamdirman, siz unutganingizdek men ham unutg'ayman. Agar unutsam, eslatingiz, agar birortangaz namoz o'qiyotib necha rak'at o'qiganingizni unutsangaz, o'z taxminingiz bo'yicha namozni nihoyasiga yetkazingiz, so'ng salom beringiz, undan keyin ikki rak'at namoz o'qingiz!» — dedilar. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling