Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ikki bilakni yerga tekkizmay (bilaklar yengidan chiqib ko‘rinadigan


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

27-bob. Ikki bilakni yerga tekkizmay (bilaklar yengidan chiqib ko‘rinadigan 
darajada) o‘zidan nariroqqa sajda qilmoq 
Abdulloh ibn Molik: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar 
sajdada qo‘lni o‘zlaridan uzoqroqqa tashlar erdilar, hatto qo‘ltiqlarining oppoqligi ko‘rinar 
erdi»,— deydilar. Lays ibn Sa’d esa: «Ja’far ibn Rabi’a ham shu hadisga o‘xshash hadisni 
rivoyat qilib bergan erdi»,— debdilar. 
28-bob. (Joynamozda) oyoq panjalari uchini qiblaga to‘g‘rilashning afzalligi 
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bizning 
namozni o‘qig‘aydir, bizning qiblamizni qibla qilg‘aydir, biz so‘ygan mol-hol go‘shtidan 
yegaydir, u Olloh va uning Rasuli himoyasidagi musulmondir. Ollohning himoyasiga 
ko‘rnamaklik qilmangiz!» — deganlar». 
Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytganlar»,— 
deydilar: «Odamlar lo iloha illallohu» deydigan bo‘lgunlaricha jang qilmoqqa buyurildim. 
Agar ular kalimai tayyibani aytg‘aydirlar, bizning namozni o‘qigaydirlar, qiblamizni qibla 
qilg‘aydirlar va biz so‘ygandek (mol, qo‘y va boshqalar) so‘yg‘aydirlar, ularning qonini 
to‘kmoq va molini olmoq bizga haromdir. Zero ularning molu jonlari ham, oxirat hisobi 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
ham Ollohning ixtiyoridadir». 
Anas ibn Molikdan Maymun ibn Siyoh: «Ey Abu Hamza, (mo‘‘min bandalarga) qanday 
bandaning molini talamoq va qonini to‘kmoq haromdir?»—deb so‘radilar. Anas: «Kimki 
lo iloha illalloxu degaydir, qiblamizni qibla qilg‘aydir, namozimizni o‘qig‘aydiru biz 
so‘ygan mol-hol go‘shtini yegaydir, u musulmondir. Musulmonga ne huquq berilg‘aydir, 
unga ham o‘sha huquq berilg‘usidir va musulmonga qanday vazifa yuklang‘aydir, unga 
ham o‘sha vazifa yuklang‘usidir»,— dedilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling