Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-bob. Qibla to‘g‘risida aytilgan hadislar, yanglishib qibladan boshqa tomonga qarab namoz o‘qigan kishi namozini qaytarib o‘qimasligi haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
86 ansoriy qavm oldiga borib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ka’baga qarab namoz o‘qiganini aytdi. Shunda qavmning barchasi Ka’baga o‘girildi». Jobir raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya minib ketayotganlarida, u qayoqqa qarab ketayotgan bo‘lsa, o‘sha tomonga qarab namoz o‘qiyverardilar. Lekin namoz farzini o‘qimoqchi bo‘lsalar, tuyadan tushib, qiblaga qarab o‘qirdilar». Abdulloh ibn Mas’ud: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin yoki asr namozini o‘qidilar»,— dedi. «O’shanda ko‘paytirib o‘qidilarmi yo kamaytirib o‘qidilarmi, aniq aytolmayman»,— dedi Ibrohim. Rasululloh (ikki yelkalariga) salom berganlaridan keyin: «Yo Rasululloh, namozga biror yangilik kiritildimi?» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nega bunday deysizlar?»—dedilar. «Siz bunday o‘qidingiz», deb ko‘rsatishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam cho‘kkalab o‘tirdilar-da, qiblaga qarab ikki bor sajda qilib, so‘ng salom berdilar. Keyin, bizlarga o‘girilib: «Namozda biror yangilik bo‘lg‘aydir, albatta men sizlarga xabar qilg‘aydirman, lekin (albatta) men ham siz kabi odamdirman, siz unutganingizdek men ham unutg‘ayman. Agar unutsam, eslatingiz, agar birortangaz namoz o‘qiyotib necha rak’at o‘qiganingizni unutsangaz, o‘z taxminingiz bo‘yicha namozni nihoyasiga yetkazingiz, so‘ng salom beringiz, undan keyin ikki rak’at namoz o‘qingiz!» — dedilar. 32-bob. Qibla to‘g‘risida aytilgan hadislar, yanglishib qibladan boshqa tomonga qarab namoz o‘qigan kishi namozini qaytarib o‘qimasligi haqida Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qib, qiblani yanglishtirganlarini sezib, odamlarga o‘girildilar, keyin, qolgan ikki rak’atni qiblaga qarab o‘qib, namozni tugalladilar. Hazrat Umar dedilar: «Rabbim mening uch niyatimni ro‘yobga chiqardi. «Yo Rasululloh, Maqomi Ibrohimda namoz o‘qimoqni odat qilsak erdi!» — deganimda, «Maqomi Ibrohimda namoz o‘qingiz!» degan oyat nozil bo‘ldi, «Yo Rasululloh, xotinlaringizga yopinmakni buyursangiz erdi! Chunki ularga yaxshi odam ham, yomon odam ham gapirg‘aydir» — deganimda, «Hijob oyati» nozil bo‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari bunga qarshilik qilishdi, shunda men: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizlarni qo‘yib yuborsalar, Olloh taolo o‘rningizga sizdan ko‘ra yaxshiroq xotinlarni ato qilmog‘i mumkindir» — deganimda, aynan shu mazmunda oyat nozil bo‘ldi». Humayd: «Yuqoridagi hadisni Anasdan men ham eshitgandirmen»,— deydilar. Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Qubo masjidida odamlar bomdod namozini o‘qishayotgan vaqtda, bir kishi kelib: «Shu kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Qur’on oyati nozil bo‘ldi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Ka’ba tarafga qarab namoz o‘qimoq buyurildi», — dedi. Odamlar yuzlarini Ka’baga qaratdilar. Ular avval yuzlarini Shom tomonga qaratib namoz o‘qiyotgan erdilar». Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinda 5 rak’at farz o‘qidilar, Shunda sahobalar: «Namozning rak’ati ko‘paytirildimi?» — deb so‘radilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nechun bunday deb so‘raydirsiz?» — dedilar. «Besh rak’at farz o‘qidingiz», — deyishdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oyoqlarini tashahhudda o‘tirgandek qilib bukdilar-da, yana ikki marta sajda qildilar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling