Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Kanisada (cherkovda) namoz o‘qimoqning hukmi
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
54-bob. Kanisada (cherkovda) namoz o‘qimoqning hukmi
Umar raziyallohu anhu: «Biz kanisalaringizga ulardagi suratlar sababli kirmag‘aymiz»,— deganlar. Ibn Abbos surati yo‘q kanisada namoz o‘qir erdi, surati bo‘lsa, o‘qimas erdi. Oisha onamiz naql qiladilar: «Ummu Salama Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Habashistonda ko‘rgan Mariya kanisasi, uning ichidagi suratlar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ular shunday qavmdurkim, agar oralarida biror solih banda yokim solih kishi o‘lg‘aydir, uning qabri ustiga masjid qurib, unga o‘sha suratlarni solg‘aydirlar. Ular Olloh taolo dargohidagi eng yomon xalqdir»,— dedilar». 55-bob. Oisha onamiz va Abdulloh ibn Abbos quyidagicha naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo dargohiga rihlat etmak muddati yaqinlashgach, muborak yuzlarini guldor bir mato birlan yopdilar, isib ketganlaridan keyin ochib tashladilar. Shu holatda bo‘la turib: «Yahudiy va nasorolarg‘a Ollohning la’nati bo‘lsin! Ular payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olmishlar»,— dedilar» (Bu bilan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z ummatlarini yahudiy va nasorolar qilmishidan hazar qilmoqqa da’vat etdilar, deydi muhaddis). Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 93 Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yahudiylarni o‘ldirsin! Ular payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olmishlar, deb aytganlar»,— deydilar Abu Hurayra raziyallohu anhu. 56-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Yer menga sajdagoh ham tahorat vositasi qilib berildi»,— deganlari xususida Jobir ibn Abdullohning naql qilishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Olloh taolo tomonidan menga ilgarigi payg‘ambarlarning birortasiga ham ato etilmagan beshta imtiyoz berilmishdir: 1) Bir oylik yo‘lda to‘rganimdayoq dushmanlarim yuragiga qo‘rquv solinib, g‘olib qilinmishmen 2) Butun yer yuzi menga sajdagoh qilib berilmishdir. Qaysi bir ummatimga namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelsa, o‘sha yerda namoz o‘qiyversin! 3) Jangda olingan o‘lja menga halol qilinmishdir 4) Har bir payg‘ambar o‘z qavmigagina payg‘ambar qilib yuborilur erdi. Men ersam, hamma odamlarga payg‘ambar qilib yuborilmishmen 5) Menga shafoat qilmoq imkoniyati ham berilmishdur». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling