Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjidda ayol kishining (agar uning boshqa boshpanasi bo‘lmasa)


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

57-bob. Masjidda ayol kishining (agar uning boshqa boshpanasi bo‘lmasa) 
yashamog‘i va uxlamog‘i to‘g‘risida 
Oisha onamiz quyidagicha naql qiladilar: «Arab qavmlaridan birining yosh zanjiya (negr 
qiz) joriyasini ozod qildilar. U ozod qilganlar birlan birga qoldi. O’sha zanjiya qiz: «Bir 
kuni men qabiladagi yosh kelinchaklardan biri birlan o‘ynagani chiqdim. Kelinchakning 
qizil taqinchog‘i bor erdi», — debdi. Oisha onamiz aytadilar: «Kelinchak tanqinchog‘ini 
bir joyga qo‘yibdir, shu payt bir kush uchib kelib, taqinchoqni go‘sht deb o‘ylab olyb 
qochibdir». «Taqinchoqni qidirishdi, hech topa olmadilar, keyin menga sen olding, deb 
tuhmat qildilar-da, hamma yog‘imni tinta boshladilar (Oisha onamiz aytadilar: Hatto 
uning oldini ham qarab ko‘ribdilar»). Ollohga qasam ichib ayturmenkim, men ular birlan 
birga turibman-u, birdan qush uchib o‘tib, munchoqni yerga tashladi. Munchoq 
shundoqqina ularning oldiga tushdi. «Mana o‘sha sizlar menga olding, deb tuhmat 
qilayotgan narsa, (vaholanki) men bu gunohdan uzoqdirman, dedim» — debdi zanjiya 
qiz. Oisha onamiz aytadilar: «Zanjiya qiz Rasululloh huzurlariga kelib, islomga kirdi. 
Uning masjidda chodiri (yoki bir boshpanasi) bo‘lib, mening oldimga kelib turar erdi. 
Men u birlan suhbatlashib o‘tirar erdim. «Taqinchoq voqeasi sodir bo‘lgan kun 
rabbimizning ajoyibotlaridandir. U meni kufr olamidan qutqardi», — deb qo‘yardi. Bir, 
kuni men: «Senga ne bo‘lgan o‘zi, qachon qarasa, men birlan o‘tirganingda taqinchoq 
to‘g‘risida bayt aytasan?» — deganimda, u mazkur qissani aytib bergan erdi». 
58-bob. Masjidda kishilarning uxlamog‘i to‘g‘risida 
Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni keltiradilar: «Aql qabilasidan bir jamoa kishilar 
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, ular Masjid un-Nabiy 
supasida yashab turgandi. Abdurrahmon ibn Abu Bakr: «Supada yashovchi kishilar 
faqirlar erdi», — deydi». 
«Abdulloh ibn Umar bo‘ydoqlik vaqtlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
masjidlarida yotib qolar erdi», — deydilar Nofi’ raziyallohu anhu. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
Sahl ibn Sa’d naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Fotimaning 
uyiga keldilar. (Kuyovlari) Alini uydan topmadilar. Shunda Fotimaga: «Amakivachchang 
(ya’ni, ering) qaerdadir?» — dedilar. «O’rtamizdan bir narsa o‘tgan erdi, mendan 
g‘azablanib, chiqib ketdi, namozdan keyin qaylula ham qilgani yo‘q (kunduzi mizg‘igani 
ham yo‘q)»,— dedi Fotima. Shunda Rasululloh yonlaridagi kishiga: «Qaragal, u qaerda 
erkan»,— dedilar. Kishi kelib: «Yo Rasululloh, u masjidda yotibdir»,— dedi. Rasululloh 
masjidga keldilar. Ali esa masjidda ridolari yelkadan tushib ketgan, yelkalariga tufroq 
tekkan holda yotgan erkanlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Alining yelkalaridagi 
tufroqni qoqib turib: «Turg‘il yigit, turg‘il tufroq yigit!» — dedilar». 
Abu Hurayra raziyallohu anhu riyuyat qiladilar: «Ahli supalardan (masjidda yotib 
yuruvchilardan) biror yetmish nafarini ko‘rdim, birortasining ridosi yo‘q, yo bir parcha 
lungi yokim ko‘ylakni (kichikligidan) bo‘yniga osib olgan, ba’zisiniki boldirgacha, 
ayrimlariniki to‘piqqacha ham yetmaydir. «Avratim ko‘rinib qolmasin»,— deb doim qo‘li 
birlan kiyimini ushlab yuradir». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling