Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjidda davra olib o‘tirmaknikg joizligi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

84-bob. Masjidda davra olib o‘tirmaknikg joizligi 
Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 
minbarda turganlarida: «Kechasi o‘qiladirgan namoz to‘g‘risida ne deysiz?» — deb 
so‘radi. Janob Rasululloh: «Ikki rak’atdan-ikki rak’atdan o‘qiydir, tong otib qolmog‘idan 
xavfsiraganda, bir rak’at o‘qiydir, o‘qiganlari vitr o‘rnig‘a o‘tg‘aydir»,— dedilar. Hazrat 
Umar: «Tungi namozingizni toq o‘qingiz, chunkim Rasululloh shunday deb 
buyurganlar»,— deganlar». 
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda va’z 
aytib turganlarida bir kishi kelib: «Tungi namoz qanday o‘qiladir?» — dedi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Ikki rak’atdan-ikki rak’atdan, tong otib qolmog‘idan 
qo‘rqsang, bir rak’at o‘qiydirsan, o‘qiganlaringning hammasi vitr o‘rniga o‘tg‘aydir»,— 
dedilar». Ibn Umarning boshqa bir rivoyatlari «Rasululloh masjidda turganlarida bir kishi 
dedi» deb boshlangan. 
Abu Voqid al-Laysiy quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
masjidda (jamoat birlan birga) o‘tirganlarida uch kishi keldi. Shundan ikkitasi Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning yonlariga keldi, bittasi ersa qaytib ketdi. Boyagi ikki 
kishining biri davradan bo‘sh joy topib o‘tirdi, ikkinchisi ersa davrada o‘tirganlarning 
orqa tomoniga kelib o‘tirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam suhbatni 
tamomlagach: «Sizga uch kishi to‘g‘risida bashorat aytaymi? Birinchisi Ollohga o‘zini 
topshirdi (dilida Ollohdan joy so‘radi), Olloh unga joy berdi, ikkinchisi ersa (davrani 
tashlab ketmoqqa) Ollohdan uyaldi, Olloh ham (unga azob bermoqdan) uyalg‘aydir. 
Ammo uchinchisi (Rasululloh majlisidan) yuz o‘girdi, Olloh ham undan yuz o‘girdi»,— 
dedilar». ' 
85-bob. Masjidda cho‘zilib va oyoqni uzatib yotmoq haqida 
Ibod ibn Tamim amakilari Abdullohdan eshitib, rivoyat qiladilar: «Abdulloh Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning masjidda bir oyoqlarini ikkinchi oyoqlari ustiga qo‘yib 
chalqancha yotganlarini ko‘rdilar. Sa’id ibn Musayyab: «Hazrat Umar va Usmon ibn 
Affonlar ham shunday qilishar erdi»,— deydilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling