Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan o‘tuvchi kishining gunohi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

101-bob. Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan o‘tuvchi kishining gunohi 
Abdulloh ibn Yusuf quyidagi hadisni aytib berdilar: «Zayd ibn Xolid Umar ibn 
Ubaydullohning quli Abunnazrni «Namoz o‘quvchilar oldidan o‘tuvchilar to‘g‘risida Abu 
Juhaym Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan nimalar eshitgan erkan, bilib kelg‘il!» 
— deb yubordi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz o‘qiyotgan odam 
oldidan o‘tg‘uvchilar nechuk gunoh qilayotganlarini bilganlarida erdi, namozxonning 
oldidan kesib o‘tmay, yaxshisi qirq (kun, oy, yil?) to‘xtab, kutib turgan bo‘lur erdilar» 
degandilar» — debdi Abu Juhaym. 
Abunnazr: «O’shanda, qirq qun, deb edilarmi, qirq oy yokim qirq yil, deb edilarmi, 
esimda yo‘q»,— deydir». 
102-bob. Namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasiga kelib turmoq 
Usmon Zunnurayn namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasiga kelib turmoqni makruh 
hisobladilar. Darhaqiqat, bu namozxonning ko‘nglini buzsa yokim fikrini bo‘lsa, 
makruhdir, ammo aksincha bo‘lsa, zarari yo‘qdir. 
Zayd ibn Sobit: «Men bunga parvo qilmaydirman, namoz o‘qiyotgan erkak kishining 
ro‘parasiga erkak kishining kelib turmog‘i, namozni buzmaydir» — deydilar. 
Oisha onamiz haqlarida rivoyat qiladilar: «Oisha onamizning huzurlarida namozni 
buzadirgan narsalar haqida suhbat borardi. Sahobalar: «Namozni namozxonning oldidan 
it, eshak va ayolning o‘tmog‘i buzg‘aydir» deyishdi. Oisha onamiz: «Bizni itga 
tenglashtirdingizmi?! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, men qibla tomonda 
o‘rindiqda yonboshlab yotganimda kelib, namoz o‘qiy boshlar erdilar. U kishining qibla 
taraflarida uzala tushib yotmoqni o‘zimga ep ko‘rmay, sekingina o‘rnimdan sug‘urilib 
chiqib ketar erdim»,— dedilar». 
103-bob. Uxlayotgan odamning orqa tomonida namoz o‘qimoq 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir 
erdilar, men u kishining o‘rinlarida qiblaga ko‘ndalang holda yotardim. Vitr o‘qimoqchi 
bo‘lganlarida meni uyg‘otar erdilar. U kishi birlan vitr o‘qir erdim». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling