Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ustunga qarab namoz o‘qimoq
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
95-bob. Ustunga qarab namoz o‘qimoq
«Masjiddagi ustunlar, ularga suyanib gaplashib o‘tirgan bekorchilardan ko‘ra, namozxonlarga kerak!» — deganlar Hazrat Umar, Hazrat Umar ikki ustun oralig‘ida namoz o‘qiyotgan bir kishini ko‘rib: «Ustunga yaqinroq borib namoz o‘qig‘il!» — dedilar. Yazid ibn Abu Ubayd dedilar: «Salama ibn al-Akva’ birlan birga (masjidga) kelgan erdim, (Abu Muslim) Usmon Mushafi yonidagi ustun oldida namoz o‘qiyotgan erkan. Men: «Ey, Abo Muslim, siz doim shu ustun ro‘parasida namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rasiz-a?» — dedim. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning doim shu ustun ro‘parasida namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,—dedilar». Anas raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sallalohu alayhi va sallam sahobalarining kiborlari mag‘rib tomondagi ustunlar tagidan joy olmoqqa shoshilayotganlarini ko‘rdim». Shu’ba raziyallohu anhu ushbu hadisga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjidga) chiqqunlaricha», deb qo‘shib qo‘ydilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 105 96-bob. Jamoatsiz, yolg‘iz o‘zi ustunlar orasida namoz o‘qimoq Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohga kirdilar, Usoma ibn Zayd, Usmon ibn Talha va Bilol ham birga erdilar. U yerda bir oz bo‘lgach, qaytib chiqdilar. Men birinchi bo‘lib ichkariga kirdim-da, «Qaerda namoz o‘qidilar?» — deb Biloldan so‘radim. «Oldindagi ikki ustun oralig‘ida»,— deb aytdi». Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohga kirdilar. Usoma ibn Zayd, Bilol va Usmon ibn Talha ham birga erdilar. Eshiklarni yopib olishdi. Qaytib chiqishgach, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ne qildilar?» —deb Biloldan so‘radim. «Bir ustunni o‘ng tomonlarida, ikkinchi ustunni chap tomonlarida, uchinchi ustunni esa orqalarida qoldirib (o‘sha paytda Ka’batullohda 6 ta ustun bo‘lgandi) namoz o‘qidilar»,— dedi. «Nofi’ menga: «Ikki ustun o‘ng tomonlarida bo‘lgandi, deb aytdi»,— deydilar Ismoil raziyallohu anhu. 97-bob. Nofi’ raziyallohu anhu dedilar: «Abdulloh ibn Umar Ka’baga kirsalar, eshikni orqada qoldirib, ro‘paradagi devorga 3 gaz qolguncha yaqin borar erdilar. Bilol «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qigan joylari» deb ko‘rsatgan joyda namoz o‘qir erdilar. Ibn Umar: «Ka’baning ichiga kirgach, istagan tomonga qarab namoz o‘qisa bo‘laveradi»,— deganlar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling