Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjid va boshqa joylarda (biror zaruratga ko‘ra) ikki panja


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

88-bob. Masjid va boshqa joylarda (biror zaruratga ko‘ra) ikki panja 
barmoqlarini bir-biriga chalishtirmoq 
Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barmoqlarini 
chalishtirdilar»,— deydilar. Osim ibn Muhammad bunday deydilar: «Quyidagi hadisni 
otamdan eshitgan erdim, lekin yodimda qolmabdir. Ukam Voqid otamdan eshitib, uni 
menga qayta aytib berdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Amrga: 
«Ey Abdulloh ibn Amr, odamlar birlan mana shunday muomala qilaversang, 
bo‘lmaydirmi?» deb barmoqlarini bir-biriga chalishtirgan erkanlar». 
Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Binoni to‘rtta 
devori ushlab turgandek mo‘‘minlar ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab turg‘aydirlar» deb 
barmoqlarini bir-biriga chalishtirib ko‘rsatdilar». 
Ibn Sirin Abu Hurayradan eshitib, quyidagi hadisni aytib berganlar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam imomatga o‘tib, biz birlan peshin yoki asr namozini 
o‘qidilar»,— deb aytgan erdi Abu Hurayra, lekin mening yodimdan ko‘tarilibdir. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qib salom berdilar. So‘ng, 
o‘rinlaridan turib, masjid chekkasidagi yog‘ochga borib suyandilar, bir narsadan 
g‘azablangandek o‘ng qo‘llarining barmoqlarini chap qo‘llarining barmoqlari orasiga 
kirgizib chalishtirdilar-da, chap kaftlarining orqasiga o‘ng yuzlarini qo‘ydilar. Shoshilibroq 
turgan kishilar masjid eshigidan chiqishdi. Ularning orasida Abu Bakr va Umar ham bor 
erdilar. Ular Rasulullohga bir narsa degani cho‘chishdilar. Shunda Zulyadayn degan qo‘li 
uzun bir kishi: «Yo Rasululloh, yodingizdan chiqardingizmi yokim namoz qisqardimi?» — 
dedi. Rasululloh: «Unutganim ham yo‘q, qisqarmadi ham»,— dedilar-da, «Zulyadayn 
aytgandek bo‘ldimi?»—deb qo‘shib qo‘ydilar "Ha, shunday bo‘ldi»,— deyishdi. So‘ng, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib, qolgan rak’atlarni o‘qidilar, keyin 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
salom berdilar va takbir aytib, odatdagidek yoki undan uzoqroq sajdai sahv qildilar. 
Keyyn, boshlarini ko‘tarib takbir aytib, sajda qildilar, yana takbir aytib, odatdagidek yoki 
undan uzoqroq sajda qildilar». 
Ehtimol, Ibn Sirindan: «Salom berdilarmi?» — deb so‘rashgandir. U: «Imron ibn Husayn 
menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keyin salom berganlar» deb aytgan»,— 
deydi. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling