Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjidni yo‘l chekkasiga, odamlarga xalal bermaydigan qilib qurmoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

86-bob. Masjidni yo‘l chekkasiga, odamlarga xalal bermaydigan qilib qurmoq 
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha onamiz rivoyat qiladilar: 
«Aqlimni tanibmankim, ota-onamning dindor, taqvodor ekanliklarini bilurman, o‘sha 
kezlari Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biznikiga kelmagan kunlari 
bo‘lmas erdi, ertayu-kech biznikida erdilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
«Abu Bakr hovlilari sahniga masjid qurmoqni ko‘pdan niyat qilib yurar edilar, oxiri 
qurdilar ham. Keyin, unda namoz va Qur’on o‘qiy boshladilar,— deydilar Urva ibn 
Zubayr,— yo‘ldan o‘tib ketayotgan mushrik xotinlar va ularning bolalari u kishining 
qarshilarida to‘xtab, qiziqib qarashar erdi. Abu Bakr Qur’on o‘qiyotganda ko‘z yoshlarini 
to‘xtata olmaydirgan yig‘loq kishi erdilar. Bu Quraysh qabilasiga mansub mushrik 
a’yonlarni xavotirga sola boshlabdi» (chunki ular bola-chaqalarining islom diniga kirib 
ketishidan cho‘chishardi). 
87-bob. Bozordagi masjidda namoz o‘qimoq 
Ibn Avn darvozasi berkitib qo‘yiladigan hovlidagi Masjidda namoz o‘qidi. 
Abu Xurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 
deganlar»,— deb rivoyat qiladilar: «Jamoat birlan o‘qilgan namozning savobi uyda 
o‘qilgan namozning savobidan 25 marta ortiqdir, chunkim qaysi biringiz bo‘lmangiz, 
yaxshilab tahorat olib namoz o‘qiydirman, degan niyatda masjidg‘a ravona bo‘lsan-giz, 
masjidga yetib kelguningizcha bosgan har bir qadamin-giz uchun Olloh taolo 
mavqeingizni bir daraja ko‘targ‘ai-dir va bir gunohingizni kechirg‘aydir. Kishi masjidga 
kirgach, unga namoz o‘qiyotgan kishiga tegadirgan savob tekkusidir. Namoz o‘qib 
turganida, agar tahoratini sindi-rib ozor bermag‘aydir, maloikalar tepasida turib: «Ilohi, 
bu bandangni kechirg‘il, unga rahm qilg‘il!» deb salavot aytib turishg‘aydir». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling